Jinoyatçi 19 dekabr, mahalliy vaqt bilan soat 17:20 lar atrofida avvaliga metroning yölovçilar gavjum bekatlaridan biriga tutunli granatalar va Molotov kokteyllarini uloqtirgan. Keyin metroning 800 metr naridagi boşqa bir bekatiga qarab yugurib, yölida bir neça kişini piçoqlab ketgan. Ikkinçi bekatga borgaç, u yerga ham granatalar taşlagan va odamlarga piçoq bilan hujum qilgan.

27 yoşli erkak hujumdan keyin yaqin atrofdagi bino tomidan sakrab, kasalxonaga olib borilganida vafot etgan. Şu bilan halok bölganlar soni 4 nafarni taşkil etmoqda.

Qurbonlardan biri – qotilni töxtatişga uringan erkak ekani aytilyapti, u keyinçalik şifoxonada jon bergan.

Gumondor – Çang Ven ismli Tayvan fuqarosi. Mamlakat boş vaziri Ço Jung hujumni “qasddan qilingan harakat” deb atagan. Tergovning dastlabki versiyasiga köra, u yolğiz özi harakat qilgan.

Hodisadan keyin mamlakat böylab temiryöl va metro bekatlarida xavfsizlik çoralari kuçaytirilgan.

Qayd etiş lozim, Tayvanda zöravonlik jinoyatlari sur’ati ança past, bunday holatlar uşbu mamlakatda kamdan kam kuzatiladi. Şunga öxşaş oxirgi voqea 2014 yilda bölgan, öşanda bir erkak Taypey metrosida tört kişini öldirgan, oradan ikki yil ötib u qatl etilgan.