Krasnodar ölkasining Temryuk tumanidagi Volna qişloğida ikki priçal va ikki kema uçuvçisiz uçiş qurilmalari hujumi natijasida şikastlangan. Bu haqda Krasnodar ölkasi tezkor ştabi 22 dekabr, duşanbaga ötar keçasi Telegram’da xabar qildi.
“Kemalar bortida bölganlarning barçasi evakuatsiya qilindi. Na ekipaj a’zolari, na sohildagi xodimlar orasida jabrlanganlar yöq”, — deyiladi xabarda. Şuningdek, dronlar hujumi oqibatida priçallarda maydoni 1 mingdan 1,5 ming kvadrat metrgaça bölgan yonğinlar kelib çiqqan. “Hozirda yonğinlarni faol öçiriş işlari olib borilmoqda. Joyda tezkor va maxsus xizmatlar işlayapti”, — deb xabar beradi Krasnodar ölkasi tezkor ştabi.
Bundan avval, 21 dekabr keçqurun şu Telegram-kanalda Volna qişloğidagi terminallardan birida dron parçalari quvur ötkazgiçni şikastlagani xabar qilingan edi. Unda yuzaga kelgan yonğin maydoni 100 kvadrat metr ekani, hodisa oqibatida jabrlanganlar yöqligi aytilgan.
Şu bilan birga, RF Mudofaa vazirligi Telegram’da 20:00 dan 23:30 gaça (Moskva vaqti) navbatçi havo mudofaasi vositalari tomonidan Ukrainaning samolyot turidagi 35 ta droni töxtatib qolingani va yöq qilingani haqida ma’lum qildi. Jumladan, 23 ta dron Qora dengiz hududi ustida, 6 tasi esa qöşib olingan Qrim hududi ustida yöq qilingan. Yana 3 tadan dron Azov dengizi akvatoriyasi ustida va Belgorod viloyati ustida zararsizlantirilgan.













