Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Akula o‘lik kitning go‘shti uchun o‘zini qirg‘oqqa tashladi (video)
Akula o‘zini qirg‘oqqa tashladi va o‘lik kit go‘shtini tatib ko‘rish imkoniyati uchun o‘z hayotini xavf ostiga qo‘ydi. Videoga Daily Mail nashri e'tibor qaratdi.
Ushbu videorolik Mozambikdagi plyajlardan birida 38 yoshli Lorreyn Geymer tomonidan tasvirga olingan. Videoning boshida to‘rt metr uzunlikka akula kit tanasining ustida yotgani va suzib keta olmayotganini ko‘rish mumkin. Biroq, kuchli qirg‘oq to‘lqini go‘shtni ag‘darib tashlagan va baliqni qirg‘oqqa yaqinlashtirgan. Akula o‘girilgan hamda okeanga qaytib ketgan.
Yirtqich baliq suzib ketganidan so‘ng, mahalliy aholi kitning o‘ttiz tonnalik jasadi oldida yig‘ilgan. Ular ham go‘shtdan olishmoqchi bo‘lishgan.
Olimlar akulalar nega o‘zini qirg‘oqqa otishi sababini aniq bilishmaydi. Taxminlarga ko‘ra, buning asosiy sababi - boshqa dengiz yirtqichlaridan qochishga urinish.
Mavzuga oid
14:27 / 25.01.2025
“Akulalar dengiz sanitari” – yirtqich jonzotlar bilan do‘st tutingan va ularni qutqarayotgan ayol haqida hikoya
02:00 / 26.12.2024
Mozambikdagi qamoqxonadan 6 mingga yaqin xavfli jinoyatchi qochib ketdi
14:36 / 23.12.2024
Mozambikda siklon 100 ga yaqin kishini hayotdan olib ketdi
09:35 / 30.01.2022