Mozambikdagi «Maçava» qattiq tartibli qamoqxonasidan 6 mingga yaqin jinoyatçi qoçib ketdi, deb xabar beradi Briefly News.
Qayd etilişiça, mahbuslar soqçilarni qurolsizlantirib, poytaxt Maputu yaqinidagi Maçava tumanida joylaşgan qamoqxona taşqarisiga çiqişga muvaffaq bölgan. OAV ma’lumotlariga köra, qoçib ketgan jinoyatçilarda qamoqxona qöriqçilaridan tortib olingan öqotar qurollar bölişi mumkin.
Mahbuslarning qoçişi muxolifatning norozilik aksiyalari sabab boşlangan yirik tartibsizliklar fonida yuz bermoqda. Mozambikda muxolifat 9 oktyabr kungi saylovlar natijasidan norozilik bildirib, mamlakat poytaxti va boşqa şaharlarda aksiya boşlagan.
Kuni keça Mozambik Konstitutsiyaviy kengaşi hukmron partiya «Frelimo»ning ğalabasini hamda nomzod Daniel Şapuni prezidentlik lavozimiga tasdiqlagan. Norozilik namoyişi iştirokçilari joylarda politsiya bilan töqnaşuvlarga bormoqda. Mozambik hukumati Konstitutsiyaviy kengaş qarori e’lon qilinganidan keyin 24 soat içidagi töqnaşuvlarda kamida 21 kişi halok bölganini ma’lum qildi.













