Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib, Niderlandiyaga mag‘lub bo‘ldi
Niderlandiya – O‘zbekiston 2:1
Gollar: Gakpo, 32 – pen (1:0). Sergeyev, 90+2 (1:1). Gakpo, 90+7 – pen (2:1)
Niderlandiya: Verbryuggen (Flekken, 67), van Deyk, van Hekke, van de Ven, Dumfris, Gravenberh, Reynders, de Yong (Til, 72), Gakpo, Malen (Brobbi, 65), Sammervill
O‘zbekiston: Yusupov, Husanov, O‘rozov, Sayfiyev, Ashurmatov, Nasrullayev, Mozgovoy, Shukurov, Fayzullayev (Iskanderov, 78), O‘runov (Hamdamov, 54), Shomurodov (Sergeyev, 78)
Ogohlantirishlar: Sammervill, 75 – Ashurmatov, 67
Chetlatish: Til, 87
O‘zbekiston milliy jamoasi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida Niderlandiyaga qarshi maydonga tushib, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
32-daqiqada hakam O‘rozovning jarima maydoni ichidagi qo‘polligidan keyin yevropaliklar jamoasi foydasiga penalti belgiladi va Kodi Gakpo hisobni ochdi.
87-daqiqada esa niderlandlar yarimhimoyachisi Gus Til qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.
Son jihatdan ustunlikka ega bo‘lgan o‘zbekistonliklar bosimni kuchaytirdi va 90+2-daqiqada Igor Sergeyev hisobni tenglashtirdi.
Ammo o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalar tugayotganida Husanovning xatosi tufayli Niderlandiyada yana bir bor penalti tepish imkoniyati yuzaga keldi. Nuqtaga yaqinlashgan Gakpo bu safar ham aniq zarba berib, g‘alaba golini urdi.
Bundan oldin Fabio Kannavaro shogirdlari Kanada milliy jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazib, 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.
Mavzuga oid
19:24 / 09.06.2026
O‘zbekiston va Senegal vakillari AQShda qattiq tekshiruvdan o‘tkazildi
19:11 / 08.06.2026
O‘zbekiston va Niderlandiya milliy jamoalari bir kunda ikkita o‘yin o‘tkazadi
22:26 / 03.06.2026
220 ta maktabda O‘zbekiston milliy jamoasi o‘yinlari katta ekranda namoyish etiladi
08:20 / 02.06.2026