Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktablardagi ichki tartib va odob-axloq qoidalari qayta ko‘rib chiqiladi
Foto: Kun.uz
Prezident “Xalq ta’limini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Xalq ta’limi vazirligi:
2022 yil 1 avgustga qadar umumiy o‘rta ta’lim muassasasidagi ichki tartib va odob-axloq qoidalarini qayta ko‘rib chiqadi va ularda maktab va ota-onaning bola tarbiyasidagi o‘rni va mas’uliyatini, ularning ta’lim va tarbiya jarayonidagi ishtiroki hamda majburiyatlarini belgilaydi;
umumiy o‘rta ta’lim muassasasidagi ichki tartib va odob-axloq qoidalarini o‘zining rasmiy veb-sayti hamda “my.maktab.uz” axborot tizimida joylashtiradi;
2022 yil 1 sentabrdan boshlab, maktab o‘quvchilari ota-onalarini “my.maktab.uz” axborot tizimi orqali umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari bilan tanishtirib boradi.
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini tasdiqlaydi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini yaxshilash, kompyuter sinf xonalarini zamonaviy texnikalar va boshqa vositalar bilan ta’minlash uchun:
Xalq ta’limi vazirligi Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda 2022 yil 1 sentabrga qadar 2023-2024 yillarda maktablarda ma’nan eskirgan kompyuter sinflarini yangilash bo‘yicha dasturni Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi;
Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2023-2024 yillarda maktablarda ma’nan eskirgan kompyuter sinflarini yangilash bo‘yicha dasturni moliyalashtirish uchun respublika budjeti hisobidan 200 milliard so‘m, mahalliy budjetlar hisobidan 200 milliard so‘m miqdorda mablag‘lar ajratilishini ta’minlaydi;
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab 400 nafargacha o‘quvchisi bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida internet tezligi kamida 40 Mbit/s, o‘quvchilar soni 400 nafardan yuqori bo‘lganlarda – kamida 100 Mbit/s bo‘lishini ta’minlaydi.
Mavzuga oid
10:29 / 17.10.2022
Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari tasdiqlandi
11:55 / 09.09.2022
110-maktabda kiyinish xonasiga kameralar o‘rnatilishi bilan bog‘liq mojaro kelib chiqdi
16:02 / 08.09.2022
Respublika ta’lim markazi rahbari yangi darslikka tadbirkor Murod Nazarov haqida ma’lumot qo‘shilganiga izoh berdi
22:46 / 07.09.2022