Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Oliy majlisi quyi palatasi ayrim qonun hujjatlariga tuzatishlarni ma'qulladi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi a'zolari 2016-yil 13-iyulda o‘tkazgan navbatdagi majlisida “Veterinariya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini muhokama etdilar.
Qonun loyihasi veterinariya sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar normalarini yangi tahrirdagi “Veterinariya to‘g‘risida”gi qonun normalariga muvofiqlashtirish maqsadida ishlab chiqildi.
Deputatlar fikriga ko‘ra, taklif etilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar normativ-huquqiy hujjatlardagi ziddiyatlarni bartaraf etishga, shuningdek ushbu sohadagi qonun hujjatlari normalarida qo‘llanilgan atama va tushunchalarning bir xil qo‘llanilishini ta'minlashga xizmat qiladi.
Quyi palata a'zolari, shuningdek, “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini muhokama etganlar. Ushbu tuzatishlar maxsus va huquqiy masalalarni o‘z ichiga olgan o‘quv dasturiga muvofiq sud ekspertlarining malakasini hamda huquqiy bilimlarini vaqti-vaqti bilan oshirishning yagona tizimini joriy etishga qaratilganligi ta'kidlandi.
Bulardan tashqari, Qonunchilik palatasi majlisida “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi, “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi qonunlarga, Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihalari ko‘rib chiqilgan.
Bahs-munozaralar natijalariga ko‘ra, deputatlar ushbu qonun loyihalarini kontseptual jihatdan ma'qullab, ularni birinchi o‘qishda qabul qilishgan.
Mavzuga oid
19:07 / 13.01.2026
O‘zbekistonda sud qanchalik mustaqil va erkin? – faollar bilan suhbat
18:27 / 30.12.2025
Qozog‘istonda noan’anaviy jinsiy munosabatlar targ‘ibotini taqiqlovchi qonun imzolandi
10:20 / 26.12.2025
2026 yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
19:50 / 19.12.2025