Sport | 11:45 / 20.11.2016
8794
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik bokschi Kovalyov o‘zining birinchi mag‘lubiyatiga uchradi

Rossiyalik bokschi Sergey Kovalyov o‘rta og‘ir vazn toifasida (79,38 kg gacha) WBA, IBF va WBO chempionlik unvonlarini himoya qilish uchun jangda amerikalik Andre Uordga imkoniyatni boy berdi. Las-Vegasda o‘tgan jang 12 raund davom etdi va hakamlarning bir ovozlik qarori (114-113) bilan Uord foydasiga yakunlandi.

Shu tariqa 33 yoshli Kovalyov professional ringdagi ilk mag‘lubiyatiga uchradi. Jangda Uord professional faoliyatida ikkinchi marta nokdaunga uchragani ham Kovalyovga yordam bermadi.

Endi rossiyalik bokschi hisobida 32 ta jangdan 30 ta g‘alaba, bitta durang va bitta mag‘lubiyat bor. 32 yoshli Uord esa o‘tkazgan 31 ta jangining barchasini g‘alaba bilan yakunlagan.

Mavzuga oid