Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kovalyov Alvaresdan revansh oldi. U yana jahon chempioni
Rossiyalik bokschi Sergey Kovalyov kolumbiyalik Eleyder Alvaresga qarshi revansh jangini o‘tkazdi va Butunjahon boks tashkiloti (WBO) versiyasi bo‘yicha kamarini (-79,38 kg vazn toifasida) qaytarib oldi.
AQShning Frisko shahrida o‘tgan jang 12 raund davom etdi va hakamlar bir ovozdan 35 yoshli Kovalyovning g‘alabasini e'lon qilishdi (116-112, 116-112, 120-108).
Shu tariqa, rossiyalik bokschi kolumbiyalik raqibidan 2018 yilning avgustidagi mag‘lubiyat uchun revansh oldi.
Qayd etish kerakki, Kovalyov o‘tgan yilning 4 avgustida o‘tgan jangning 7-raundida texnik nokaut tufayli mag‘lub bo‘lgach, uning murabbiyi, o‘zbekistonlik Abror Tursunpo‘latov shogirdi professional faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida aytgandi.
Bugungi jangga qadar Alvares professional ringda yutqazmagandi (24 jang, 24 g‘alaba, shundan 12tasi nokaut bilan). Kovalyov esa professional ringdagi faoliyati davomida 37 bor jangga chiqib, 33tasida g‘alabaga erishgan (shundan 28tasida nokaut bilan). U uch marta mag‘lub bo‘lgan, yana bir jang durang natija bilan tugagan.
Mavzuga oid
23:11 / 13.12.2025
O‘zbekistonlik bokschilar jahon chempionatini ikki oltin va to‘rt kumush medal bilan yakunladilar
19:35 / 13.12.2025
Hasanboy Do‘smatov ikki karra jahon chempioniga aylandi
19:34 / 28.11.2025
Boks bo‘yicha 2026 yilgi jahon kubogi O‘zbekistonda o‘tkaziladi
19:16 / 18.11.2025