2 noyabr kuni Las-Vegasda u Butunjahon boksçilar assotsiatsiyasi (WBA) kamarining örta vazndagi amaldagi çempioni, meksikalik Saul Alvaresga (53-1-2, 36 KO) yutqazdi. Jang 11-raundda rossiyalik boksçining nokauti bilan yakunlandi.

36 yoşli Kovalyov uçun bu faoliyatidagi 39 jangdagi törtinçi mağlubiyat böldi, u 34 jangda ğalaba qozonib (29tasi — nokaut bilan), bir jangda durang natija qayd etgan. 29 yoşli Alvaresda 53 ğalaba (36tasi — nokaut bilan), bir mağlubiyat va ikki durang bor. U professional ringdagi yagona mağlubiyatini 2013 yilda Floyd Meyvezerga qarşi jangda qabul qilgan - öşanda u 12 raundlik jang yakunida hakamlar ovoziga köra mağlub bölib, WBC va The Ring kamarlaridan mahrum bölgan, WBA kamari amerikalik boksçida qolgandi.

Sergey Kovalyov 2019 yil fevralida kolumbiyalik Eleyder Alvaresga qarşi revanş jangini ötkazib, Butunjahon boks taşkiloti (WBO) versiyasi böyiça kamarini (-79,38 kg vazn toifasida) qaytarib olgandi.