Jahon | 11:41 / 29.03.2026
9603
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp: Saudiya endi bizga «xushmuomala» bo‘lishiga to‘g‘ri keladi

U Muhammad ibn Salmon o‘zini mensimagani va shunchaki navbatdagi omadsiz prezident bo‘ladi deb o‘ylagani, endi esa u bilan hisoblashishga to‘g‘ri kelishini ta’kidlagan.

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon haqida keskin fikr bildirib, ikkinchi muddati boshlanishidan oldin unga yetarlicha baho bermaganini aytdi.

«U menga qaradi va dedi: „Bilasizmi, bir yil oldin siz o‘lik mamlakat edingiz, endi esa dunyodagi eng xavfli mamlakatga aylanganingiz hayratga soladi“. U bunday bo‘ladi deb o‘ylamagandi», – dedi AQSh prezidenti shahzoda bilan yaqinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvi haqida.

Shundan keyin Tramp Ar-Riyod Vashington bilan muloqotda ohangni o‘zgartirishi lozimligini qo‘shimcha qildi. «U mening orqamni o‘pishiga to‘g‘ri kelishini o‘ylamagandi. To‘g‘risi, o‘ylamagandi. U meni shunchaki Amerikaning navbatdagi omadsiz prezidenti deb o‘ylagan», – deydi u.

Tramp Saudiya Arabistoni endi AQShga «xushmuomala» bo‘lishiga to‘g‘ri kelishini ta’kidlagan.

24 mart kuni The New York Times Saudiya Arabistoni shahzodasi Trampni Eronga qarshi amaliyotni yakunlamaslikka ko‘ndirgani xabar qilingandi. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, shahzoda o‘tgan haftadagi muloqotlar chog‘ida kampaniyani davom ettirishga undab, buni Yaqin Sharqdagi qayta qurish uchun imkoniyat deb atagan. NYT suhbatdoshlariga ko‘ra, u Eron Fors ko‘rfazi mamlakatlariga bundan keyin ham xavf tug‘dirishda davom etishi mumkinligini qayd etgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid