O‘zbekiston | 14:32 / 12.03.2019
2878
2 daqiqa o‘qiladi

e-visa.gov.uz sayti faoliyati 13 mart kuni 24 soatga to‘xtatiladi

“e-visa.gov.uz” veb-sayti 13 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 9.00dan boshlab 24 soatga to‘xtatiladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazining ma'lumotiga ko‘ra, 15 martdan boshlab 30 kunlik muddatga elektron kirish vizasining yangi turlarini joriy etish ko‘zda tutilgan.

Bu O‘zbekiston prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonining 4-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.

“Ushbu farmonni bajarish hamda E-VISA tizimini modernizatsiya qilish ishlarni amalga oshirish maqsadida “e-visa.gov.uz” veb-sayti 2019 yil 13 mart Toshkent vaqti bilan soat 9.00dan boshlab 24 soatga to‘xtatiladi”, deyiladi TIV xabarida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, 2019 yilning 1 fevralidan e'tiboran 76 mamlakat fuqarolari O‘zbekistonga kirish elektron vizasi (E-VISA)ni olish imkonini qo‘lga kiritishdi.

Mavzuga oid