Jahon | 07:42 / 03.10.2018
26904
1 daqiqa o‘qiladi

AQShning NATOdagi doimiy vakili Rossiyaga zarba berish bilan tahdid qildi

Foto: AP

AQShning NATOdagi doimiy vakili Key Beyli Xatchison so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar hukumati Rossiya O‘rta va kichik masofadagi raketalar bo‘yicha bitimni buzsa, ushbu davlat raketa tizimlariga zarba beradi. 

Uning tvitterdagi o‘z sahifasida yozishicha, bitim bilan nazarda tutilgan kelishuvlarga rioya qilish kerak. Xatchisonning ta'kidlashicha, aks holda Amerika tomoni AQSh va NATO manfaatlari himoyasini ta'minlash uchun Rossiyaning ehtimoliy imkoniyatlari bilan hisoblashishiga to‘g‘ri keladi.

«Men Rossiyaga ogohlantiruvchi zarba berish kerakligi haqida gapirmadim», - deya ma'lum qildi Xatchison.

Uning aytishicha, Rossiya o‘z raketa tizimlarini ishlab chiqishda ko‘rsatilgan bitim bandlarini buzadigan bo‘lsa, zarba beriladi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid