Taşrif doirasida tomonlar Özbekiston–AQŞ strategik şerikligini yanada rivojlantiriş, şuningdek, “S5+1” formatidan foydalangan holda Markaziy Osiyo va AQŞ örtasidagi hamkorlikni çuqurlaştiriş yuzasidan kelişuvlarga erişdi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev senator Stiv Deyns, kongressmenlar Kerol Miller, Bill Xayzenga va Sidni Kamlager-Dav bilan suhbatlaşdi. Şuningdek, AQŞ savdo vaziri Xovard Latnik, Eksimbank prezidenti va raisi Jon Yovanoviç, Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi boş ijroçi direktori Ben Blek, hamda General Motors International kompaniyasining global ijroçi direktori Şilpan Amin bilan uçraşuvlar bölib ötdi.

Taşrifning işbilarmonlik qismida AQŞ işbilarmonlari iştirokida davra suhbati taşkil etildi. Uçraşuv va muzokaralar yakunida qator ikki va köp tomonlama hujjatlar imzolandi.

Tadbirlar yakunlangaç, Özbekiston prezidenti Toşkent şahriga jönab ketdi.