Belarus delegatsiyasi AQŞ prezidenti Donald Trampning 19 fevralda bölib ötgan “Tinçlik kengaşi” inauguratsion yiğilişida qatnaşiş uçun vizalarni ololmadi. Bu haqda Belarus TIV matbuot xizmati xabar qildi.
“Barça zarur xabarnomalar Amerika protokol xizmatlariga belgilangan tartibda yuborildi, vizalarni rasmiylaştiriş uçun hujjatlar oldindan topşirildi. Biroq, bizning tomondan barça talab etiladigan tartib-taomillar bajarilganiga qaramasdan, Belarus delegatsiyasiga vizalar berilmadi”, — deyiladi idora bayonotida.
Minsk nomidan taşqi işlar vaziri Maksim Rijyenkov iştirok etişi kerak edi.
Taşqi siyosat idorasida eslatilişiça, dastlab yiğilişda qatnaşiş taklifi Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenkoga yuborilgan.
“Tinçlik kengaşi” yiğilişi Vaşingtonda bölib ötdi, unda 47 davlat vakillari iştirok etdi.
“Tinçlik kengaşi” Tramp taşabbusi bilan taşkil etilgan bölib, 22 yanvar kuni Davosdagi Butunjahon iqtisodiy forumida rasman ta’sis etilgan. Ğarbning qator davlatlari mazkur organ taşkil etilişiga şubha bilan qaradi, çunki uni BMTga raqobatçi bölişi mumkin deb hisobladi.

















