Jamiyat | 10:30 / 16.09.2017
8827
2 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istondagi litsey va kollejlarda 1571 o‘qituvchining darslari qisqaradi

Foto: Kruz.uz

“Yerkin Qaraqalpaqstan” gazetasi muxbiri Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirining o‘rinbosari Jumagul Usnatdinova bilan suhbat uyushtirdi, deb xabar bermoqda Kruz.uz.

Vazir o‘rinbosari 10-sinflar ochilishi bilan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilarining dars soatlari kamayib ketishi haqida fikr bildirgan.

“Xalq ta'limi vazirligi, O‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi boshqarmasi, Bandlik va mehnat munosabatlri vazirligi bilan birgalikda ish olib borilmoqda. Respublikamizdagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlaridan 1571 o‘qituvchining darslari qisqarishi kutilmoqda. Bu o‘qituvchilarning hech biri ham ishsiz qolmaydi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligiga qarashli o‘quv o‘rinlarida 1229 ish o‘rni mavjud. Bu masalada Respublikamizdagi maktablar imkoniyati o‘rganib chiqildi. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida xizmat qilib darslari qisqargan, ishga joylashtirish bo‘yicha takliflar kelib tushgan o‘qituvchilarimizning ro‘yxati olindi va yashash joyiga qulay o‘rinlarga ishga joylashtirish masalalari ham ko‘rib chiqilmoqda”.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid