Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mehnat inspeksiyasi: “Xorijiy til o‘qituvchilari huquqlari buzilmoqda - bu qonunga zid!”
Xorijiy til o‘qituvchilariga oylik ish haqi hisoblanmaganligi, ishdan chetlatilganligi, hatto majburiy ravishda ariza yozdirib olinganligi haqida ko‘plab murojaatlar kelib tushgan.
Foto: Freepik
Davlat mehnat inspeksiyasi xorijiy tildan dars beruvchi o‘qituvchilar huquqlari buzilayotgani haqida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, oxirgi kunlarda xorijiy til o‘qituvchilariga oylik ish haqi hisoblanmaganligi, ishdan chetlatilganligi, hatto majburiy ravishda ariza yozdirib olinganligi haqida ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.
Inspeksiya ish beruvchilarning o‘qituvchilarga nisbatan bunday harakatlari mehnat qonunchiligiga zid bo‘lib, huquqbuzarlik hisoblanishini eslatgan.
Ta’kidlanishicha, Davlat mehnat inspeksiyasi har bir aniqlangan holat bo‘yicha belgilangan tartibda choralar, jumladan javobgarlik choralarini qo‘llaydi.
Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 maydagi qarori bilan, 2024−2025-o‘quv yiligacha maktab, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarining chet tili o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lishi kerak. Bu talabni bajarmaganlar bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi yoki B2 sertifikati bo‘lmagan o‘qituvchilar ishga qabul qilinmasligi belgilab qo‘yilgan.
2025 yil sentabrda maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i bilan maktablarda xorijiy til o‘qituvchilaridan kamida B2 darajadagi til sertifikatini talab qilish muddati 2026 yilgacha uzaytirilgandi.
Mavzuga oid
19:17 / 23.01.2026
“40 yillik umrimga achinmayman” – nafaqadagi muallimning kechinmalari
14:42 / 16.01.2026
Maktablarda “Jadidlar izidan” kitobxonlik klublari tashkil etiladi
10:10 / 13.01.2026
O‘zbekistonda 2025 yilda ishdagi baxtsiz hodisalarda 248 ta o‘lim kuzatildi
09:10 / 11.01.2026