Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2021 yilgi davlat dasturida belgilangan vazifalar bo‘yicha prezident selektori o‘tkaziladi
Bugun, 10 fevral kuni prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yilgi davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlashga bag‘ishlangan selektor yig‘ilishini o‘tkazadi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.
Mas'ul ijrochilar - Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlik va tarmoqlar rahbarlari, hokimlar va sektor boshliqlari zimmasiga tegishli har bir ko‘rsatkichga erishish bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklatiladi. Keng ko‘lamli iqtisodiy masalalar bilan bir qatorda davlat rahbari aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga ham alohida e'tibor qaratishi kutilmoqda.
- 18 yanvar kuni «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» davlat dastur loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e'lon qilingan edi. 3 fevral kuni prezident 2021 yilgi davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
- Davlat dasturi o‘zida besh yilga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasining so‘nggi yilidagi chora-tadbirlarni aks ettirgan. Dastur 274 banddan iborat. Unda belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun jami 29,5 trln so‘m, 2,6 mlrd dollar va 57,5 mln yevro yo‘naltiriladi. 2020 yilda 18,2 trln so‘m va 10,3 mlrd AQSh dollar etib belgilangan edi.
Mavzuga oid
19:29 / 16.12.2025
Prezident: shaharning barcha ko‘chalaridagi ariqlarda suv aylanishi kerak
18:44 / 16.12.2025
«Endi poytaxtda boshqaruv o‘zgaradi». Prezident – Toshkentning kelgusi yillardagi taraqqiyoti haqida
15:16 / 14.10.2025
Soliqlar vaqtida to‘langan mahallalarga «Tashabbusli budjet»da qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi
15:09 / 14.10.2025