Samarqandlik askarning xotiniga yozgan xati 78 yil o‘tib uning yaqinlari topilishiga sabab bo‘ldi
Past Darg‘om tumanidan ikkinchi jahon urushiga ketgan Umr Hotamovning suyak qoldiqlari, miltig‘i, medaloni hamda maktubi topilgani haqida Rossiyadan xat kelgan.

Tuman hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, maktubda 137-SD shtab askari bo‘lgan Umr Hotamov 1910 yoki 1911 yilda Samarqand viloyati Past Darg‘om tumani sobiq Telman qishloq soveti hududida tug‘ilgani aytilgan. U hozirgi Belarus Respublikasining Gomel oblasti Streshinskiy rayoni Sverdavichi qishlog‘ida 1943 yilning 18 noyabrida bedarak yo‘qolgan.
Umr Hotamovning batalondagi yozuvlarining orasidan turmush o‘rtog‘i Jumagul Hotamovaga yozgan xati ham topilgan.
Shundan so‘ng Past Darg‘om tuman hokimligi Umr Hotamovning turmush o‘rtog‘iga yozgan xatiga asoslanib, e'lon bergan. Natijada, haqiqatan ham urushdan qaytmagan askarning turmush o‘rtog‘i Jumagul Hotamova Past Darg‘om tumanida yashab kelgani, 1987 yilda vafot etgani ma'lum bo‘lgan.
Umr bobo va Jumagul momodan bir qiz – Omonoy Choryorova tug‘ilgan. Omonoy Choryorova (1942 yilda tug‘ilgan) onasi Jumagul momodan: «Qizim, sen 6 oylik go‘dakligingda otang urushga ketgandi», degan gapni ko‘p bora eshitgan.
Aytish mumkinki, askar Umr Hotamov izsiz, nom-nishonsiz ketmadi. Uning xoki qayerda ekani, turmush o‘rtog‘iga yozgan xati ma'lum bo‘ldi. Ma'nan o‘zi ham yurtga qaytdi.
Hozirgi vaqtda Umr boboning 8 nafar nabirasi va ko‘plab evaralari Past Darg‘om tumanida yashab kelmoqda.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Fransiyada aviadispetcherlar ish tashlash e’lon qildi. Bu Yevropada 1,5 mingta reysning bekor qilinishiga olib keladi
Jahon | 22:35
-
Toshkentdan Baliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys qo‘yildi
Jamiyat | 22:05
-
«Rossiya o‘z maqsadlariga erishadi». Putin Tramp bilan navbatdagi muloqotida nima haqda gaplashdi?
Jahon | 22:00
-
AQSh Eronga qarshi sanksiyalarini kengaytirdi
Jahon | 21:31
Mavzuga oid

11:05 / 10.05.2025
Niderlandiyada Ikkinchi jahon urushi davrida qurbon bo‘lgan o‘zbeklar xotirasiga bag‘ishlangan muzey ochildi

14:40 / 09.05.2025
G‘alaba bog‘ida “Xotira nuri” texnologik yodgorlik majmuasi ochildi

14:36 / 09.05.2025
Rossiya Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga MDH davlatlari orasida eng kam mukofot puli to‘laydi

14:22 / 09.05.2025