Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sadriddin Hasanov dunyoning eng yaxshi yosh futbolchilari qatoriga kirdi
Hasanov chap qanotdan yorib kirishni yoqtiradi, tezkor, kuchli, intiluvchan va g‘oliblik ruhiyatiga ega, deya “Bunyodkor” klubi hujumchisiga ta’rif berdi The Guardian. U-17 Osiyo chempionatining eng yaxshi futbolchisi kelasi oy jahon chempionatida ham o‘zini ko‘rsatib, Osiyoda yilning eng yaxshi yosh o‘yinchisi deb topilsa, top klublardan jiddiy takliflar olishi mumkin.
Foto: O‘FA
Toshkentning “Bunyodkor” klubi hujumchisi Sadriddin Hasanov Britaniyada chop etiladigan The Guardian gazetasi versiyasiga ko‘ra dunyo futbolidagi eng yaxshi yosh iste’dodlar ro‘yxatiga kirdi.
Ro‘yxatga 2008 yilda tug‘ilgan jami 60 nafar o‘smir futbolchi kiritilgan.
The Guardian Sadriddin Hasanovga quyidagicha ta’rif bergan:
“O‘zbekiston aprel oyidagi U-17 Osiyo kubogi finalida Saudiya Arabistoni bilan birinchi taymdan keyin 0:0 hisobida durang qayd etayotgan, lekin ikkita qizil kartochkadan keyin 9 kishi bo‘lib qolgan edi. Hasanov maydonga tushdi, jamoani 2:0 hisobidagi g‘alabaga ruhlantirdi va o‘zi ham gol urdi. U jami to‘rtta goli bilan, musobaqaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.
Hasanov chap qanotdan yorib kirishni yoqtiradi. Tezkor, kuchli, intiluvchan. G‘oliblik ruhiyatiga ega. Allaqachon Turkiyaga ketishi haqida mish-mishlar tarqalgan – agar Osiyoda yilning eng yaxshi o‘yinchisi deb e’tirof etilsa (u OFKning shortlistiga kiritilgan), tez orada unda boshqa variantlar ham paydo bo‘lishi mumkin”.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo chempionatidagi g‘alabadan keyin Kun.uz Sadriddin Hasanovning ota-onasi bilan suhbatlashgan edi.
“Biz ishonardik, chunki o‘g‘lim menga, albatta, kubokni olib kelamiz ona, deb va’da berib ketgandi”, – degandi uning onasi Dilfuza Rahmatullayeva.
Hasanovni noyabr oyida Qatarda bo‘lib o‘tadigan U-17 Jahon chempionati kutmoqda. Osiyo chempionlari guruh bosqichida Paragvay, Irlandiya va Panamaga qarshi maydonga chiqadi.
- The Guardian ro‘yxatidan, shuningdek, qozog‘istonlik forvard Dastan Satpayev ham joy olgan. Hozirda “Qayrat” klubida o‘ynayotgan Satpayevni 4 mln yevroga Angliyaning “Chelsi” klubi sotib olgan. U Londonga 2026 yil yozida ko‘chib o‘tishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
14:18 / 23.09.2025
«Bunyodkor» klubi murabbiyi vafot etdi
11:20 / 29.04.2025
“O‘g‘limning o‘yinlarini umuman ko‘ra olmayman” – chempion futbolchining onasi
08:16 / 24.03.2025
Bunyodkor shohko‘chasida Tracker-2 va Damas to‘qnashdi
08:00 / 09.09.2024