Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xonobod shahrida tashkilotlarga 20 tadan ko‘chat olib kelish topshirig‘i berildi
Foto: Xonobod shahar hokimligi
“Yashil makon” aksiyasi doirasida Xonobod shahri hokimi tomonidan tashkilotlardagi xodimlarga 20 tupdan pavloniya ko‘chati olib kelish topshirig‘i berilgan.
Kun.uz ixtiyoriga kelib tushgan sms-xabarda shahar kadastr mutaxassisi hamkasblariga shahar hokimi topshirig‘i bilan 20 tupdan pavloniya ko‘chati hokimlik binosi oldiga olib kelishi kerakligi, “Yashil makon” aksiyasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri bo‘lishi haqida aytilgan.
Kun.uz muxbiri mazkur sms-xabarni yuborgan xodim bilan bog‘landi. Xodim sms-xabar yozganini tan oldi. Uning ta’kidlashicha, ushbu ko‘chatlar xodimlar uylariga ekishi uchun aytilgan. Biroq hokimlik binosi oldiga olib kelish nega kerak bo‘lganiga izoh bera olmadi.

“Ishonmasangiz uyimga ekkan ko‘chatlarimning rasmlarini ham yuboraman”, - dedi u.
Xonobod shahar hokimligi axborot xizmati vakant bo‘lgani uchun qo‘shimcha ma’lumot olishning imkoni bo‘lmadi.
Ammo shahar hokimligi Telegram sahifasida 19 fevral kuni “Yashil makon” aksiyasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazilganini ko‘rish mumkin.
“Xonobod shahrida "Yashil makon" aksiyasi doirasida shahar sektor rahbarlari, nuroniylar, shahar faollari, harbiylar, yoshlar hamda ko‘ngilli aholi vakillari birdamligida shaharning baland qismi bo‘lmish adirlikda archa, pavloniya, katalpa, sosna kabi manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi”, - deyiladi hokimlik xabarida.
Mavzuga oid
14:22 / 03.01.2026
Korxonalar har yili 10 mln tup ko‘chat ekib, “yashil belbog‘” barpo etadi
10:58 / 11.11.2025
Jinoyat ishlari bo‘yicha Xonobod shahar sudi sobiq raisi uzoq muddatga qamaldi
17:33 / 20.08.2025
O‘zbekistondagi yashil shahar – Xonoboddan fotoreportaj
12:03 / 12.05.2025