Andijon viloyati jinoyat işlari böyiça Xonobod şahar sudi raisi jinoyat ustida qölga olindi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Manbaga köra, sud raisi tezkor tadbirda 30 ming AQŞ dollari olayotganda uşlangan.

Sudyalar oliy kengaşi matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

“Bugun Sudyalar oliy kengaşining yiğilişi bölib ötdi. Unda Boş prokurorning Andijon viloyati jinoyat işlari böyiça Xonobod şahar sudi raisi Yu.E.ni Jinoyat kodeksining 168- va 28,211-moddalari tegişli qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortişga oid taqdimnomasi muhokama qilindi.

Yakunda kengaş xulosasi bilan Yu.E.ni jinoiy javobgarlikka tortişga rozilik berildi va uning sudyalik vakolati töxtatildi”, deyiladi kengaş bayonotida.

Kengaş tergov siri va aybsizlik prezumpsiyasi talablaridan kelib çiqib, boşqa tafsilotlar oşkor qilinmasligini, ijtimoiy tarmoqlardagi aksariyat manbalarda tarqatilayotgan şu mavzudagi xabarlar börttirilgan bölib, barça holatlarga tergov yöli bilan aniqlik kiritilişini bildirgan.

Ma’lumot uçun, Yunusjon Egamberdiyev 2024 yilning dekabr oyida beş yil muddatga Xonobod şahar sudining raisi lavozimiga tayinlangandi.