JIB Xonobod şahar sudi sobiq raisi Yunusjon Egamberdiyev jinoiy jazoga tortildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Yunusjon Egamberdiyevga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi Oliy sudning jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati tomonidan körib çiqilib, 17 oktyabrda hukm öqilgan. 51 yoşli sobiq sudya Jinoyat kodeksning 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 25,211-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan. Unga 2,5 yil davomida mansab lavozimlarida, sud va huquqni muhofaza qiluvçi organlarida işlaş huquqidan mahrum qilgan holda 10,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

Birinçi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Oliy sudning jinoyat işlari böyiça sudlov hay’atiga apellyatsiya/kassatsiya tartibida şikoyat beriş va protest keltirişga haqliligi ma’lum qilingan.

Oliy sudning Adolat axborot tizimlari kompleksida Yunusjon Egamberdiyevga oid jinoyat işi böyiça 2025 yil 17 oktyabrda e’lon qilingan sud hukmi yaşirib qöyildi. Uşbu sud hukmi örniga jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyati sudi kassatsiya instansiyasi sudlov hay’atining 2019 yil 28 maydagi ajrimi yuklab qöyilgan.

Yunusjon Egamberdiyev 2025 yil may oyida muqaddam boşqa sud tomonidan tayinlangan ozodlikdan mahrum qiliş jazo muddatini kamaytirişni va’da qilib, sudlangan şaxsning onasidan 30 ming dollar miqdordagi pullarni olgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari tomonidan ötkazilgan tadbirda uşlangandi. Oliy sud Plenumining majlisida boş prokurorning Egamberdiyevni jinoiy javobgarlikka tortiş va unga nisbatan “qamoqqa oliş” tarzidagi ehtiyot çorasini qöllaş haqidagi taqdimnomasi körib çiqilib, rozilik berilgan.

Ma’lumot uçun, Yunusjon Egamberdiyev 2013-2018 yillarda JIB Asaka tuman sudi sudyasi bölib işlagan. U sudyalik lavozimida keyingi muddatga öta olmagan va ma’lum vaqt tadbirkorlik bilan şuğullangan. Söngra biroz advokat bölib işlagan Egamberdiyev 2024 yil dekabr oyida 5 yil muddatga Xonobod şahar sudining raisi lavozimiga tayinlangan.