Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda ayol 4 yoshli farzandi bilan o‘zini suvga tashladi
Namanganda farzandini o‘ziga bog‘lagan holda o‘zini suvga tashlagan ayol qutqarib qolindi. Bu haqda Milliy gvardiya xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 22 aprel kuni tungi soat 01:20larda Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidan oqib o‘tuvchi “Norin” daryosi ustida joylashgan ko‘prik qirg‘og‘iga tushgan notanish ayol noma'lum sabablarga ko‘ra, farzandi bilan birgalikda o‘zini suvga tashlagan.
Qayd etilishicha, shu vaqtda ular ushbu hududda xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi xodimi hamda voqea joyidan o‘tib ketayotgan fuqaro A.A. tomonidan qutqarilgan, ona-bolaga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan hamda tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan.
Dastlabki surishtiruvlar davomida, ushbu ayol Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro X.M. bo‘lib, 2017 yilda tug‘ilgan farzandini o‘ziga bog‘lagan holda o‘zini suvga tashlagani ma'lum bo‘lgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Uchqo‘rg‘on tuman IIB tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Avvalroq namanganlik ayol 2 nafar bolasini ko‘prikdan daryoga tashlamoqchi bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Shuningdek, Navoiyda 31 yoshli ayol o‘zi va uch nafar qizining joniga suiqasd qilgani va uning eri doimiy ravishda ayolga o‘g‘il farzand tug‘magani uchun haqoratlab kelgani bunga sabab bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
20:24 / 16.09.2025
Norin daryosida birinchi «milliy» GES ishga tushirildi
20:20 / 27.05.2025
Uchqo‘rg‘on hokimligi xodimi ikki ayolidan farzandlariga bir necha yillik aliment qarzini to‘lamayapti
11:51 / 14.02.2024
Namanganda hokim yordamchisi tuman hokimi etib tayinlandi
18:24 / 12.02.2024