Namangan viloyatining Uçqörğon tumani hokimi Jahongir Rizzayev 6 fevral kuni vazifasidan ozod etilgan. Kun.uz manbasiga köra, tuman hokimi vazifasini vaqtinça bajariş uning birinçi örinbosari Boburmirza Tölamirzayev zimmasiga yuklatilgan.

E-qaror platformasida ham tuman hokimligining rasmiy hujjatlarini 6 fevralgaça Jahongir Rizzayev, undan keyin Boburmirza Tölamirzayev imzolaganini köriş mumkin.    

Jahongir Rizzayev 1986 yil 5 dekabr kuni Çortoq tumanida tuğilgan. Ma’lumoti oliy, 2008 yili Namangan muhandislik pedagogika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi muhandis-energetik.

U 2021 yilning dekabr oyidan buyon Uçqörğon tumani hokimi lavozimida işlab kelayotgandi. Bungaça «Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJning boş direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

  • 18 yanvar kuni prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida eksport, investitsiya va mahalliy sanoatda 2024 yilda turgan vazifalar böyiça yiğiliş ötkazilgandi. Yiğilişda boş vazir Abdulla Aripovga sanoat mahsulotlarini işlab çiqarişda ösiş bölmagan 7 ta hudud, jumladan, Uçqörğon tumani hokimining lavozimiga loyiqligini körib çiqiş topşirilgandi.