Haydarov Muhammad Abduhakimoviç Uçqörğon tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, bugun xalq deputatlari Uçqörğon tumani kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötgan. Unda taşkiliy masala körilgan.

Sessiyada deputatlar tomonidan Namangan viloyati hokimining Uçqörğon tumani hokimi Jahongir Rizzayevni Uçqörğon tumani hokimi lavozimidan ozod etiş hamda Haydarov Muhammad Abduhakimoviçni Uçqörğon tumani hokimi lavozimiga tayinlaş töğrisidagi qarorlari ma’qullnagan. 

Muhammad Haydarov hozirga qadar Namangan tumanidagi «Olaxamak» MFYda hokim yordamçisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.

2021 yilning dekabr oyidan buyon Uçqörğon tumani hokimi lavozimida işlab kelgan Jahongir Rizzayev oldinroq işdan olingandi.

  • 18 yanvar kuni prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida eksport, investitsiya va mahalliy sanoatda 2024 yilda turgan vazifalar böyiça yiğiliş ötkazilgandi. Yiğilişda boş vazir Abdulla Aripovga sanoat mahsulotlarini işlab çiqarişda ösiş bölmagan 7 ta hudud, jumladan, Uçqörğon tumani hokimining lavozimiga loyiqligini körib çiqiş topşirilgandi.