O‘zbekiston | 10:54 / 24.09.2018
10705
2 daqiqa o‘qiladi

Dorilar imtiyozli retsept asosida kimlarga bepul beriladi?

Foto: Belnaviny

O‘zbekistonda tegishli ro‘yxatga asosan dori vositalari imtiyozli retsept asosida bepul beriladigan shaxslar bor. 

“Huquqiy axborot” kanalining yozishicha, quyidagi shaxslarga tegishli ro‘yxatga asosan dori vositalari davolovchi vrach tomonidan yozilgan imtiyozli retsept asosida bepul beriladi:

• onkologik kasalliklarga chalinganlar;

• sil kasalligiga chalinganlar;

• moxov kasalligiga chalinganlar;

• endokrinologik kasalliklarga (qandli va qandsiz diabetga) chalinganlar;

• ruhiy kasalliklarga chalinganlar;

• OIV kasalligini yuqtirganlar;

• yurak klapanini protezlash va organlarni ko‘chirish yuzasidan operatsiya qilingan shaxslar;

• o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionerlar;

• 1941—1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar;

• 1941—1945 yillardagi urush mehnat fronti qatnashchilari;

• Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini tugatishda qatnashgan — nogiron shaxslar;
baynalmilalchi jangchilar;

• harbiy xizmatni yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obektlarida o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid