Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dorini retsepsiz berganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
Dorilarni retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzganlik uchun BHM 100 baravaridan 200 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi. Amaldagi tahrirda mazkur huquqbuzarlik uchun BHM 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima belgilangan.
Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish, ma’muriy jazo qo‘llanganidan keyin yoki ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, BHM 200 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilandi.
Amaldagi tahrirda jarimaning eng kam miqdori BHM 100 baravarini tashkil etishi belgilangan.
2026 yil mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda BHM miqdori 412 ming so‘mga teng.
Mavzuga oid
21:53 / 18.05.2026
Sotuvchi xaridorning qonuniy talabini bajarmasa, elektron platforma zimmasiga ham mas’uliyat yuklanadi
21:46 / 18.05.2026
Avtomobil odometrini o‘zgartirib, bu haqda xaridorni ogohlantirmaganlik uchun javobgarlik belgilanadi
21:12 / 14.05.2026
Issiqxonani isitishda mazut, bitum va shina yoqqanlik uchun jarimalar belgilandi
12:21 / 09.05.2026