Jamiyat | 15:28 / 28.10.2021
8638
2 daqiqa o‘qiladi

«Yosh kitobxon» tanlovining yangi mavsumiga arizalar qabuli davom etmoqda. G‘olib «Spark» avtomobili bilan taqdirlanadi

Foto: Yoshlar ishlari agentligi

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘tkaziladigan mazkur tanlovida ishtirok etish uchun @reg_tanlovbot telegram boti orqali ro‘yxatdan o‘tish kerakligi ma'lum qilindi.

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan har yili o‘tkazib kelinayotgan «Yosh kitobxon» respublika tanloviga arizalar qabuli davom etmoqda. Bu haqida agentlik axborot xizmati ma'lum qildi.

Tanlovda ishtirok etish uchun @reg_tanlovbot telegram boti orqali ro‘yxatdan o‘tish va qo‘shimcha ma'lumotlar bilan tanishib borish mumkin. Shuningdek, tanlovning nizomi bilan ushbu havola orqali tanishing.

Eslatib o‘tamiz, «Yosh kitobxon» respublika tanlovi 2017 yildan buyon o‘tkazib kelinadi. G‘olib bo‘lgan yosh kitobxon Prezident sovg‘asi – «Spark» avtomobili bilan taqdirlanadi.

Tanlovning 2021 yilgi mavsumi g‘oliblari: 10-14 yoshlilar o‘rtasida farg‘onalik Muhammadfozil Ismoilov, 15-19 yoshlilar o‘rtasida toshkentlik Maftuna Umarova va 20-30 yoshli ishtirokchilar orasida andijonlik Fotima Mamtaliyeva g‘olib bo‘lgan.

Bundan tashqari, Yoshlar ishlari agentligi 2021 yildan 30 yoshgacha bo‘lgan yosh oilalar uchun «Yosh kitobxon oila» tanlovini o‘tkazishni yo‘lga qo‘ydi. G‘olib bo‘lgan yosh oila ham Prezident sovg‘asi – «Spark» avtomobili bilan taqdirlangan.

Yoshlar ishlari agentligi matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid