Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston elektr energiyasi bo‘yicha O‘zbekistondan qarzini uzganini ma’lum qildi
Mamlakat energetika kompaniyasiga ko‘ra, qarz ikki yildan beri to‘planib qolgan edi.
Foto: AFP
Afg‘oniston hukumati qo‘shni davlatlar – O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Erondan elektr energiyasi importi bo‘yicha qarzlarni to‘liq to‘ladi. Bu haqda mahalliy energetika kompaniyasi vakili Hikmatulloh Mayvandiy ma’lumot berdi.
Da Afghanistan Breshna Sherkat (DABS) kompaniyasi xodimining aniqlik kiritishicha, qarz ikki yildan beri to‘planib qolgan edi.
Kobul barcha hamkor davlatlarga jami 627 million dollar to‘lagan.
Mayvandiy so‘zlariga ko‘ra, elektr energiyasi uchun qarzning bir qismi Ashraf G‘aniy boshchiligidagi avvalgi hukumatdan qolgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yilda O‘zbekiston Afg‘onistonga 91 million dollarga 1,82 milliard kVt•soat elektr energiya eksport qilgan.
2024 yil yanvar oyida O‘zbekiston o‘z hamkorlariga qariyb 16 million dollarga 320 million kVt•soat elektr energiyasi yetkazgan. 1 fevral holatiga ko‘ra Kobulning qarzi 1,24 million dollarni tashkil qilgan.
Mavzuga oid
22:54 / 05.03.2026
Pokiston-«Tolibon» mojarosi: ular nimani bo‘lisha olishmayapti?
11:13 / 02.03.2026
9 ming dollar talab qilgan prokuratura xodimi ushlandi
21:02 / 01.03.2026
Afg‘oniston Pokiston bilan to‘qnashuvlar davomida 400 nafardan ortiq harbiylarini yo‘qotdi
21:59 / 28.02.2026