Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risidagi ikkita qonun bittaga birlashtiriladi
Qonun hujjatlari ta'sirini baholash tizimi portalida huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini tartibga soluvchi qonun loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
Loyiha Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va ikkita: 14.05.2014 yildagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida” O‘RQ-371-son va 29.09.2010 yildagi “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida” O‘RQ-263-son amaldagi qonunlarni bir butunga birlashtiradi.
Norma’ning yozishicha, loyihada asosiy tushunchalar kengaytirildi, xususan quyidagi tushunchalar qo‘shildi:
- iqtisodiy zo‘rlik;
- ijtimoiy vaziyati og‘ir bo‘lgan shaxs;
- ijtimoiy profilaktika;
- oila-turmush munosabatlari doirasidagi huquqbuzarlik;
- profilaktik suhbat;
- ruhiy zo‘rlik;
- qo‘riqlanuvchi shaxslar;
- huquqbuzarlik sabablari;
- huquqbuzarlik sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar;
- himoya orderi va boshqalar.
Qonun huquqbuzarliklar profilaktikasining vazifalari, tamoyillari va turlarini bayon etadi, ushbu jarayonni amalga oshiruvchi yoki unda ishtirok etuvchi har bir organning vakolatlari batafsil ko‘rib chiqiladi.
Idoralararo komissiyalarning huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etishdagi roliga alohida bob bag‘ishlangan. Qonun loyihasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish reglamentlanadi, bu sohada faoliyatni tashkil etish jarayonining barcha jihatlari bayon etiladi.
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Mavzuga oid
18:27 / 30.12.2025
Qozog‘istonda noan’anaviy jinsiy munosabatlar targ‘ibotini taqiqlovchi qonun imzolandi
10:20 / 26.12.2025
2026 yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
19:50 / 19.12.2025
Mahalliy kengash va hokimlar faoliyatiga xos bo‘lmagan 8 ta vazifa bekor qilinadi
10:15 / 08.12.2025