Mening nazarimda Özbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) qöşilişi, barça nuqtalardan olib qaraganda, bugungi kunda va joriy şaroitlarda, maqsadga muvofiq emas. Öz navbatida, Özbekistonning bu ittifoqqa kirişi Rossiya Federatsiyasining uzoq muddatli manfaatlariga ham foyda keltirmaydi, aksinça, zarar keltiriş ehtimoli katta.

Bular qaysi nuqtalar? 

Birinçidan, Özbekiston iqtisodiyoti hozirgi şaroitda ança mört holatda. Post-sovet hududining aksar barça davlatlari «şok terapiyasi» davrini, qat'iy xususiylaştiriş va bozor munosabatlarini şakllantirişni ötgan asrning 90-yillarida va qisman nolinçi yillarda ötgan bölsa, bizda bu islohotlar endi boşlanyapti. Islom Karimov ehtiyotkor siyosatçi sifatida barça jarayonlarni nazorat qiliş yölini tanlagandi. 

Jumladan, valuta ayirboşlaş va narxlar siyosatida ham. Natijada, Özbekistonda ijtimoiy kayfiyatni muvozanatda uşlab turiş maqsadida çegaralar qattiq nazorat qilindi. Tovarlar oqimi şunday taşkil qilindiki, birinçi galda Özbekistonning eng kam ta'minlangan aholi qatlami ham qişloq xöjaligi va boşqa mahsulotlarni bemalol iste'mol qilişi nazarda tutildi. Ötgan davr mobaynida Özbekistonda işlab çiqariş mustahkam oyoqqa turmadi.

Agar bugun Özbekiston YeOIIga qöşilsa va bu integratsiya doirasida öz çegaralarini oçib, tovarlar oqimini erkinlaştirsa, 33 million kişi yaşaydigan Özbekistonda ijtimoiy kayfiyat özgarişi mumkin. Agar YeOIIga kiriş natijasida Özbekistonda ijtimoiy zöriqişlar boşlanadigan bölsa, bunday holat taşkilotning global reputatsiyasiga ham katta zarba bölişi mumkin. Natijada, taşkilotning asosiy legitimligi yöqoladi, boşqa a'zo davlatlarda ham bu taşkilotga qarşi kayfiyatlar ommaviy siyosiy talablar darajasiga kötariladi va ba'zi hukumatlar taşkilotdan çiqiş xohişini «ijtimoiy zöriqişlar» sabab rasmiylaştirişiga yöl oçiladi.

Ikkinçidan, Özbekistonda işlab çiqariş YeOIIga a'zo davlatlarga nisbatan zaif şakllangan. Rossiya, Qozoğiston va Belarus istiqodiyoti, jon boşiga uluşi va işlab çiqarişning yuqori samaradorligi bilan Özbekistondan farqlanib turadi. Agar Özbekiston YeOIIga qöşiladigan bölsa, Özbekistondagi işlab çiqaruvçilar raqobatni tölaligiça uşbu taşkilotga a'zo davlatlarga yutqazişi mumkin. Yillar davomida Özbekistonning işlab çiqariş, sanoatlaştiriş salohiyati zaiflaşib, yöqolib borişidan xavotirlar bor.

Uçinçidan, sönggi beş yil davomida Rossiya özining ança oğriqli geosiyosiy va iqtisodiy davrini boşidan keçirmoqda. Bugungi kunda Rossiyaga nisbatan xalqaro hamjamiyat sanksiyalari mavjud. Bu esa Rossiya iqtisodiyotiga salbiy ta'sir qilmoqda. Keyingi yillarda rublning qiymati ikki marta qadrsizlandi.