Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Yevropadagi OTMlarning magistrlik yo‘nalishida tahsil olishga doir saralash tanlovi yakuniy bosqichda
Foto: Facebook.com/@lola.karimova.tillyaeva
Joriy yilning yanvar oyida Islom Karimov nomidagi Fond tomonidan e’lon qilingan Yevropa va AQSh oliy o‘quv yurtlarida magistratura yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olish uchun grant doirasidagi saralash tanlovi yakuniy bosqichda. Bu haqida Lola Karimova-Tillayevaning Facebook sahifasida ma’lum qilindi.
Saralash imtihonlari bir necha bosqichda amalga oshirilib, chet tilidan maxsus test, tanlangan mutaxassislik bo‘yicha test hamda suhbat, mutaxassislar bilan suhbat va IELTS testlaridan iborat bo‘ldi.
Ta’lim granti uchun saralash tanlovida O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarining jami 300 ga yaqin bitiruvchilari ishtirok etishdi. Ulardan 25 nafari tanlovning oxirgi bosqichiga o‘tib, IELTS testlarida qatnashadi. Hozirda g‘oliblar soni va ro‘yxatini aniqlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
G‘oliblar tanlov davomida o‘tkazilgan barcha test va imtihonlarda egallangan ballarning umumiy yig‘indisi asosida tanlanadi. Eng ko‘p ball to‘plagan nomzodlar Yevropa va AQSh oliy ta’lim muassasalarida magistrlik yo‘nalishida tahsil olish imkoniga ega bo‘lishadi.
"Yevropa va AQShning peshqadam oliygohlarida ta’lim olgan kadrlar kelajakda Vatanimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shishiga aminman. Tanlov ishtirokchilariga omad tilayman!", - deyiladi ijtimoiy tarmoqda.
Mavzuga oid
21:54 / 25.12.2025
Putin Rossiyada avtomat-odamlar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikni talab qildi
15:26 / 18.12.2025
Akkreditatsiya to‘lovlari qaytarilmaydi: ta’lim tashkilotlari uchun yangi qoidalar
20:15 / 16.12.2025
2,5 mlndan 1 mlrd so‘mgacha – 100 dan ortiq olimpiadachi o‘quvchilar pul mukofoti bilan taqdirlandi
18:42 / 15.12.2025