Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Enter Engineering Pte.Ltd» mutaxassislarni ishga taklif qiladi
«Enter Engineering Pte.Ltd» kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi neft-gaz sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun yuqori malakali mutaxassislarni ishga qabul qiladi.
Kompaniya quyidagi yo‘nalishda faoliyat yurituvchi yuqori malakali mutaxassislar bilan hamkorlik qilishga tayyor:
1. Umumqurilish ishlari bo‘yicha injyener
2. Mexanika-montaj ishlari bo‘yicha injyener
3. Nazorat-o‘lchov uskunalari va avtomatika / elektromontaj ishlari bo‘yicha injyener
4. Ishga tushirish va sozlash ishlari bo‘yicha injyener
5. Xavfsizlik texnikasi bo‘yicha mutaxassis
6. Hisobot bo‘yicha mutaxassis
7. Rejalashtirish bo‘yicha mutaxassis
8. Ishlab chiqarish va texnika bo‘limi injyeneri
9. Xaridlar bo‘yicha mutaxassis
10. Materiallar nazorati bo‘yicha mutaxassis
11. Sifat nazorati bo‘yicha inspektor.
Ishga qabul qilishda sanoat obektlarining qurilish loyihalaridagi ish tajribasiga ega bo‘lish, hamda ingliz tilini bilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ishga qabul qilingan xodimlar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lishadi:
- Injiniring va qurilish sohasida malaka oshirish
- Munosib ish haqi
- Ijtimoiy paket
- Xalqaro kollektiv
- Dunyo injiniring kompaniyalari bilan professional munosabatlar
- Kompaniyaning istiqbolli loyihalarida ishtirok etish imkoniyati
- Rekrut agentliklarining xalqaro bazasiga kirish
- Neft-gaz sohasidagi qurilish ishlarida qimmatli tajribani orttirish va xizmat zinapoyasida o‘sish, shuningdek, xorijdagi muqobil loyihalarda ishlash imkoniyatiga ega bo‘lish
Rezyumeni quyidagi elektron pochta manziliga jo‘natishingiz mumkin: [email protected], Kompaniya haqida ma'lumot olish uchun quyidagi veb-saytdan foydalanishingiz mumkin: www.ent-en.com
Mavzuga oid
15:21 / 29.03.2025
Avstraliyaning olis shahridagi yagona shifokor ishdan ketyapti. Yangi nomzodlarga 400 ming dollar maosh taklif etilmoqda
20:17 / 28.01.2025
Bandlik bo‘limi Enter Engineering'ning rossiyalik xodimiga oyligini undirib berdi
14:13 / 11.11.2024
Enter Engineering xodimlari bir necha oydan buyon maoshsiz ishlayotganini aytmoqda
21:53 / 26.09.2024