Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlarga mobil to‘lov ilovalarining hammasiga o‘tadigan universal QR-kod beriladi
1 noyabrdan boshlab tadbirkorlar uchun barcha mobil to‘lov ilovalari orqali hisob-kitob qilish imkonini beradigan universal QR-kod beriladi. 1 yanvardan yillik aylanmasi 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan barcha tadbirkorlar bir xil, ya’ni aylanmadan 1 foiz soliq to‘lashga o‘tadi. Natijada yiliga 1 trillion so‘m mablag‘ YaTTlarning o‘zida qoladi. “Tasavvur qilayapsizlarmi, 1 trillion so‘m”, – dedi prezident.
Foto: Shutterstock
O‘zbekiston prezidenti tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida biznesni “soyadan” chiqarishni rag‘batlantirishga oid o‘tgan haftadagi farmoni haqida so‘z yuritdi.
Farmonga ko‘ra, ishini kichik loyihadan boshlab, biznesda tajriba va malaka to‘plagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga ko‘mak berib, ularni 50-100 nafar odam ishlaydigan baquvvat korxonalar sohibiga aylantirish maqsadida YaTT va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun 2030 yilgacha maxsus huquqiy rejim joriy etildi.
Endi bunday tadbirkorlar uchun ro‘yxatdan o‘tishdan tortib hisobot topshirishgacha bo‘lgan barcha xizmatlarni jamlagan raqamli platformalar yaratiladi. Bunda tadbirkorlar kerakli hujjatlarni masofaviy biometriya va “SMS xabarnoma” orqali elektron kalitsiz imzolashi mumkin. Ishchilarga elektron hamyon orqali “kunbay”, “soatbay” maosh to‘lash imkoniyati yaratiladi.
Ma’lumki, O‘zbekistonda 40 dan ziyod elektron to‘lov tashkilotlari mavjud va aholi o‘ziga qulay mobil ilovadan foydalanmoqda.
Endi 1 noyabrdan boshlab tadbirkorlar uchun barcha mobil to‘lov ilovalari orqali hisob-kitob qilish imkonini beradigan universal QR-kod beriladi.

Yillik aylanmasi 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan barcha tadbirkorlar kelasi yil 1 yanvardan bir xil, ya’ni aylanmadan 1 foiz soliq to‘lashga o‘tkaziladi.
Masalan, hozir aylanmasi 100 million so‘mgacha bo‘lgan yakka tadbirkor yillik 12 million so‘mgacha qat’iy soliq o‘rniga ko‘pi bilan 1 million so‘m to‘laydi. Yoki aylanmasi 100 milliondan 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan tadbirkor aylanmadan ilgari 30-40 million so‘m soliq to‘lagan bo‘lsa, endi uning soliq yuki 3-4 karra kamayadi.
“Umuman, yaratilayotgan sharoitlar orqali yakka tadbirkorlar hisobida yiliga 1 trillion so‘m, tasavvur qilyapsizlarmi, 1 trillion so‘m qolyapti. Bu – kichik biznes uchun qo‘shimcha resurs, yakka tadbirkorlar o‘z biznesini keyingi bosqichga olib chiqishi uchun yana bir imkoniyat”, – dedi prezident.
Mavzuga oid
14:01 / 02.05.2026
Biznesni bezdirayotgan QQS va markirovka muammolari. Ekspertlar sharhi
15:48 / 30.04.2026
50 dollarlik ofis va minglab mijoz: tasodifiy buyurtmani katta biznesga aylantirgan samarqandlik tadbirkor hikoyasi
17:32 / 29.04.2026
Peshlavha – reklama emas. Mojaroga kengroq nazar
12:12 / 28.04.2026