Toşkentda kuzatilayotgan peşlavha mojarosi – faqat tartibga soliş masalasi emas, balki institutlar sifatining amaliy ifodasi hamdir. Toşkent davlat yuridik universiteti katta öqituvçisi Doniyorbek Imomniyozov Kun.uz'ga taqdim etgan maqolasida mazkur voqelikni Nobel mukofoti sovrindorlari ilgari surgan institutlar nazariyasi asosida tahlil qiladi.
Foto: Çilonzor tumani hokimligiFoto: Çilonzor tumani hokimligi
Sönggi vaqtlarda Toşkent şahrida joriy etilayotgan dizayn-kod va taşqi reklama talablari tadbirkorlar örtasida keng muhokamalarga sabab bölmoqda. Peşlavhalarni yagona standartga moslaştiriş, ularni qayta özgartiriş yoki olib taşlaş talablari bir qaraşda şahar muhitini tartibga solişga qaratilgandek körinadi. Biroq amaliyotda bu jarayon köplab tadbirkorlar uçun qöşimça xarajatlar, noaniqlik va huquqiy savollarni keltirib çiqarmoqda.
Mazkur holatni faqat ma’muriy yoki texnik masala sifatida baholaş yetarli emas. Aslida, bu jarayon davlat tomonidan iqtisodiy faoliyatni tartibga soliş çegaralari, mulk huquqining himoyasi hamda tadbirkorlik erkinligining amaliy ta’minlanişi bilan bevosita boğliq.
“Mamlakatlar tanazzuli sabablari” (Why Nations Fail)asarida Daron Ajyemöğli va Jyeyms A.Robinson davlatlarning rivojlanişi yoki tanazzulini aynan institutlar sifati bilan izohlaydi. Ularning ta’kidlaşiça, iqtisodiy ösiş inklyuziv institutlar, ya’ni aniq, barqaror va barça iştirokçilar uçun teng qoidalar mavjud bölgan tizimlarda yuz beradi. Aksinça, noaniq va haddan taşqari aralaşuvga asoslangan institutlar iqtisodiy faoliyatni çeklab, rivojlanişga tösqinlik qiladi.
Şu nuqtayi nazardan qaraganda, taşqi reklama va dizayn-kod bilan boğliq amaliyot oddiy estetik tartib emas, balki institutlarning real işlaşini aks ettiruvçi holat sifatida namoyon böladi. Demak, asosiy savol quyidagiça qöyilişi mumkin:
Davlat tomonidan joriy etilayotgan bunday tartiblar tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlayaptimi yoki aksinça, uni çeklovçi omilga aylanyaptimi?
Mazkur maqolada uşbu masala institutlar nazariyasi nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi hamda amaldagi tartiblarning huquqiy va iqtisodiy oqibatlari yoritib beriladi.
Dizayn-kod va 428-son qarorning huquqiy mazmuni
Toşkent şahrida joriy etilayotgan dizayn-kod talablari Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 31 avgustdagi 428-son qarori bilan boğliq. Bu hujjat taşqi reklama va axborot obektlarini joylaştiriş sohasini tizimli tartibga solişga qaratilgan.
Mavzuga oid
Qarorda reklama obektlarini röyxatga oliş, ularni joylaştirişga ruxsat beriş va nazorat qiliş jarayonlari markazlaştirilgan elektron tizimga ötkazilişi belgilangan. Hujjatdan anglaşiladiki, taşqi reklama obektlarini joylaştiriş huquqi asosan elektron auksion orqali beriladi va bu huquq uçun yagona oylik yiğim joriy etiladi. Bu – reklama joylarini bozor mexanizmlari asosida taqsimlaşga xizmat qilişi kerak. Şu bilan birga, har bir reklama obektiga nisbatan “reklama joyi pasporti” rasmiylaştirilişi majburiy etib belgilangan.
Biroq uşbu tartibning amaliy qöllanişida eng muhim va bahsli jihatlardan biri – reklama va oddiy axborot (peşlavha) örtasidagi çegaraning aniq belgilanmaganidir. Qarorda umumiy maydoni 1 kvadrat metrdan ortiq bölgan, e’tiborni jalb qilişga qaratilgan, reklama tusiga ega bölmagan e’lonlar taşqi reklama obektlari sifatida e’tirof etilişi belgilab qöyilgan.
Mazkur norma amaliyotda dökon nomlari, korxona peşlavhalari va brend belgilarining ham reklama sifatida talqin qilinişiga olib kelmoqda. Natijada tadbirkorlar oddiy identifikatsiya vositasi bölgan peşlavhalar uçun ham reklama tartib-taomillariga rioya etişga, jumladan, ruxsatnoma oliş va tegişli yiğimlarni tölaşga majbur bölmoqda.
Şuningdek, qarorda mahalliy hokimiyat organlariga taşqi reklama obektlarini joylaştiriş qoidalarini işlab çiqiş va nazorat qiliş vakolatlari berilgan. Bu esa hududlar kesimida turli xil talablar şakllanişiga, ayrim hollarda esa qoidalar talqinining sub’yektivlaşuviga olib kelişi mumkin.
Natijada, normativ darajada tartibga soliş maqsadida qabul qilingan uşbu hujjat amaliyotda bir qator huquqiy savollarni yuzaga keltirmoqda. Xususan, reklama va peşlavha örtasidagi çegaraning noaniqligi, tadbirkorlar zimmasiga tuşayotgan qöşimça majburiyatlar hamda mahalliy organlar vakolatlarining kengligi uşbu tartibning huquqiy aniqligi va barqarorligiga ta’sir körsatmoqda.
Reklama va peşlavha
Rivojlangan davlatlar tajribasida taşqi reklama va peşlavha odatda bir xil hodisa sifatida baholanmaydi. Aksariyat huquq tizimlarida reklama – mahsulot yoki xizmatga e’tibor jalb qilişga qaratilgan tijorat axboroti, peşlavha esa tadbirkorlik sub’yektini identifikatsiya qiluvçi belgi sifatida köriladi.
Masalan, AQŞda taşqi yozuvlar böyiça tartib asosan mahalliy “sign code”lar orqali belgilanadi. Bunda “on-premises” va “off-premises” yozuvlar farqlanadi: ya’ni tadbirkorning öz joyidagi peşlavhasi bilan boşqa joyda joylaştirilgan reklama konstruksiyasi bir xil baholanmaydi. AQŞ Oliy sudi City of Austin v. Reagan National Advertising işida ham bunday farqlaş öz-özidan Konstitutsiyaga zid emasligini körsatgan.
Fransiya qonunçiligida bu farq yanada aniqroq. “publicité” va “enceigne” alohida tuşunçalar sifatida belgilanadi: “enceigne” – bino yoki obektga joylaştirilgan va şu joyda amalga oşirilayotgan faoliyatga taalluqli yozuv, şakl yoki tasvir hisoblanadi. Ya’ni peşlavha reklama emas, balki faoliyatni körsatuvçi identifikatsion vosita sifatida ajratiladi.
Germaniyada taşqi yozuvlar köproq quriliş va şaharsozlik qoidalari doirasida tartibga solinadi. Reklama qurilmalari – masalan peşlavha, yoritiladigan yozuv yoki vitrina konstruksiyalari – jamoat joyidan körinadigan obekt sifatida baholanadi va ayrim hollarda quriliş ruxsatnomasi talab qilinadi. Biroq bu yerda asosiy urğu mazmunni nazorat qilişga emas, balki xavfsizlik, şaharsozlik va binoga moslik talablariga qaratiladi.
Rossiya tajribasida ham reklama va oddiy peşlavha örtasidagi farq muhim ahamiyatga ega. “Reklama töğrisida”gi federal qonunda reklama mahsulot yoki xizmatga e’tibor jalb qiliş va uni bozorda ilgari surişga qaratilgan axborot sifatida belgilanadi. Taşqi reklama konstruksiyalari alohida tartibga solinadi, ammo amaliyotda korxona nomi, iş vaqti yoki faoliyat turi haqidagi oddiy peşlavha köpinça reklama sifatida emas, majburiy yoki identifikatsion axborot sifatida talqin qilinadi.
Qozoğiston qonunçiligi bu borada ayniqsa e’tiborga loyiq. “Reklama töğrisida”gi qonunning 11-moddasida taşqi vizual reklamaga nimalar kirmasligi aniq körsatilgan. Jumladan, peşlavha, iş tartibi haqidagi axborot, vitrina va oynalarni içki bezaş taşqi reklama obekti hisoblanmaydi. Bu yondaşuv tadbirkorning özini tanituvçi axborotini reklama tölovlari va ruxsat tartibidan ajratişga xizmat qiladi.
Tahlildan köriş mumkinki, xorijiy tajribada asosiy mezon – yozuvning maqsadi va joylaşuvidir. Agar yozuv tadbirkorni, uning nomi, faoliyat turi yoki iş tartibini bildirsa, u odatda peşlavha sifatida baholanadi. Agar u mahsulot, xizmat, çegirma yoki iste’molçini jalb qilişga qaratilgan bölsa, reklama sifatida tartibga solinadi.
Demak, Özbekiston amaliyotidagi asosiy muammo ham aynan şu çegaraning yetarliça aniq belgilanmaganidadir. Peşlavha va reklama örtasidagi huquqiy farq oçiq körsatilmasa, oddiy tadbirkorlik identifikatsiyasi ham reklama majburiyatlari ostiga tuşib qolişi mumkin. Bu esa huquqiy aniqlik, tadbirkorlik erkinligi va mulk huquqi nuqtayi nazaridan bahsli vaziyatlarni yuzaga keltiradi.
Inklyuziv va ekstraktiv institutlar
Yuqorida körib çiqilgan holatni çuqurroq anglaş uçun uni “Mamlakatlar tanazzuli sabablari” asarida ilgari surilgan institutlar nazariyasi nuqtayi nazaridan tahlil qiliş maqsadga muvofiq.
Asar mualliflarining fikriga köra, davlatlarning iqtisodiy rivojlanişi yoki tanazzuli, avvalo, ular şakllantirgan institutlarning xususiyatiga boğliq. Institutlar deganda nafaqat qonunlar, balki ularning amaliy qöllanişi, barqarorligi va prognoz qilinişi ham tuşuniladi.
Mualliflar institutlarni şartli ravişda ikki turga ajratadi: inklyuziv va ekstraktiv.
Inklyuziv institutlar – bu iqtisodiy faoliyat uçun keng imkoniyatlar yaratadigan, aniq va barqaror qoidalar asosida işlaydigan tizimdir. Bunday institutlar şaroitida mulk huquqi himoyalanadi, davlat aralaşuvi me’yoriy darajada böladi, tadbirkorlar öz faoliyatini oldindan prognoz qila oladi. Eng muhimi, qoidalar hamma uçun teng qöllanadi va tez-tez özgarmaydi. Natijada iqtisodiy faollik ortadi, investitsiya muhiti yaxşilanadi va innovatsiyalar rivojlanadi.
Ekstraktiv institutlar esa buning aksi bölib, iqtisodiy resurslar va imkoniyatlarning tor doira manfaatiga xizmat qilişi bilan tavsiflanadi. Bunday tizimlarda qoidalar noaniq yoki tez-tez özgarib turadi, davlat aralaşuvi yuqori böladi, mulk huquqi töliq kafolatlanmaydi. Natijada tadbirkorlar uçun huquqiy xavf ortadi, uzoq muddatli rejalaştiriş qiyinlaşadi va iqtisodiy faollik susayadi.
Mazkur nazariy yondaşuvdan kelib çiqib, taşqi reklama va dizayn-kod bilan boğliq tartiblarni baholaşda asosiy mezon quyidagiça bölişi mumkin: uşbu qoidalar tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaydimi yoki aksinça, unga qöşimça noaniqlik va çeklovlar kiritadimi?
Agar tartibga soliş aniq, barqaror va oldindan tuşunarli bölsa, u inklyuziv institutlarning belgisi sifatida namoyon böladi. Aksinça, agar qoidalar turliça talqin qilinsa, tez-tez özgarsa yoki tadbirkor uçun kutilmagan xarajatlar keltirib çiqarsa, bu ekstraktiv xususiyatlarning mavjudligini körsatadi.
Demak, dizayn-kod va taşqi reklama masalasini faqat ma’muriy tartib sifatida emas, balki institutlar sifatining amaliy ifodasi sifatida köriş zarur. Bu esa uşbu sohadagi muammolarni yanada çuqurroq tahlil qiliş imkonini beradi.
Yuqoridagi tahlildan körinadiki, taşqi reklama va dizayn-kod bilan boğliq tartiblar faqat estetik muhitni şakllantiriş vositasi emas, balki tadbirkorlik erkinligi va mulk huquqiga bevosita ta’sir körsatuvçi institut hisoblanadi. Şu nuqtayi nazardan, uşbu tartiblarning mazmuni va amaliy qöllanişi ularning inklyuziv yoki ekstraktiv xususiyat kasb etişini belgilaydi.
Agar qoidalar aniq, barqaror va prognoz qilinadigan bölsa, ular tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaydi. Aksinça, reklama va peşlavha örtasidagi çegaraning noaniqligi, talablarning turliça talqin qilinişi hamda qöşimça moliyaviy yuklarning yuzaga kelişi uşbu tartiblarning amaliyotda çeklovçi xususiyat kasb etişiga olib kelişi mumkin.
Şu sababli mazkur sohada reklama va peşlavha tuşunçalarini aniq ajratiş va bunda tadbirkorning özini identifikatsiya qiluvçi yozuvlar reklama sifatida baholanmasligi lozim.
Fikrimizça, peşlavha – bu yuridik yoki jismoniy şaxsning faoliyat yuritayotgan obektida joylaştiriladigan, uşbu obektning nomi, faoliyat turi, tovar belgisi (brendi) yoki iş tartibi haqidagi axborotni öz içiga olgan hamda faqat şu joyga taalluqli bölgan identifikatsion axborot vositasidir.
Peşlavhani reklama obektidan ajratiş uçun quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
Mezon
Peşlavha
Reklama
Joylaşuvi
Faqat tadbirkorning öz faoliyat yuritayotgan joyida
Har qanday joyda
Mazmuni
Nom, brend, faoliyat turi, iş vaqti
Mahsulot, xizmat, aksiya, çegirma haqida axborot
Maqsadi
Obektni identifikatsiya qiliş
Mijozni jalb qiliş
Tijoriy çaqiriq
Mavjud emas
Mavjud (aksiya, çegirma, takliflar)
Huquqiy tabiati
Identifikatsion axborot
Tijorat (reklama) axboroti
Ruxsat beriş tartibi
Soddalaştirilgan yoki talab qilinmasligi mumkin
Maxsus ruxsat, pasport va tölov talab qilinadi
Moliyaviy yuk
Odatda mavjud emas yoki minimal
Yiğimlar va boşqa majburiy tölovlar mavjud
Umuman olganda, taşqi reklama sohasini tartibga soliş zarur bölsa-da, u tadbirkorlik faoliyatini çeklovçi emas, balki qöllab-quvvatlovçi institut sifatida şakllantirilişi lozim.
Faqat şunda bunday tartiblar iqtisodiy rivojlanişga xizmat qiladigan inklyuziv mexanizmga aylanişi mumkin.
Doniyorbek Imomniyozov,
TDYuU Fuqarolik huquqi şu’basi
katta öqituvçisi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi