Nega köp tadbirkorlar QQS tölovçisi bölib qolişdan şunçalik qörqadi? Markirovka böyiça talablar biznesda bunçalik katta e’tiroz uyğotayotganiga sabab nima? Soliq qonunçiligi va amaliyoti qanday qilib biznesni bölaklarga bölişga rağbat yaratyapti? Şu kabi savollarga Kun.uz studiyasidagi suhbatda soliq maslahatçilari Murod Muhammadjonov va Nodirbek Xöjabekov javob berdi.

Soliq qömitasi raisi Farrux Pölatov umumiy ovqatlaniş sohasida ayrim tadbirkorlar QQS tölamaslik uçun mijozlarga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida çek berayotganini aytdi.

“Buni körib-bilib turibmiz. Ertaga tekşiriş borsa, xafa bölasizlar. Iltimos, qonuniy işlanglar”, dedi u 21 aprel kuni tadbirkorlar bilan oçiq muloqotda.

Kun.uz studiyasidagi suhbatda soliq maslahatçilari tadbirkorlarni QQSdan qoçişga undayotgan omillar haqida söz yuritdi.

Murod Muhammadjonov: “Faqat jazoning özi yeçim bölolmaydi”

— Jarima soliş bilan natijaga erişib bölmaydi. Ya’ni soliq tölaş uçun tadbirkorlarga qulay zona yaratilmasa, jarima bilan qörqitib, faqatgina yo korrupsiyani rivojlantirib yuboriş mumkin, yoki tadbirkorlikni odamlar uçun diskomfort bir zonaga aylantirib qöyiladi. Ya’ni tadbirkorlik qiliş qiyin joyga aylanib qolişi mumkin xolos. Şuning uçun, menimça, “Qöşilgan qiymat soliğiga ötmaslik sabablari nima?” degan savol bizni köproq qiziqtirişi kerak.

Juda köp holatlarda tovarlar naqd oldi-berdi qilinişi, kirim qiliş imkoniyati yöqligi, QQSda işlaş tadbirkorlarga diskomfort bölayotgani asosiy sabablardan deb bilaman.

Hamma uçun emas, muayyan qatlamdagi tadbirkorlar borki, ularda QQSga ötiş imkoniyati yöq. Oddiy aytganda, QQS va foyda soliği tölaş şaroitida ularning biznesi yaşab qololmaydi, tirikçiligi ötmaydi. Aylanmadan 4 foiz soliq tölab kelgan tadbirkor uçun soliq yuki birdaniga karrasiga oşib ketadi (12 foiz QQS + 15-20 foiz foyda soliği). Şuning uçun 1 milliardlik çegaraga yaqinlaşganda, biznesni bölib taşlaşga majbur bölyapti.

Faqatgina jarima degan narsa bilan qörqitilsa, kimlardir QQSga öta oladi, kimlardir öta olmaydi. Öta olmaganlar yeçim sifatida korrupsiyaga murojaat qiladi. Köp holatlarda aylanmadan qöşilgan qiymat soliğiga ötmaslik uçun tuşumni kamaytirib körsatiş kerak böladi. Kamaytirib körsatiş esa, tabiiyki, kassaga urmaslikka, tuşumni yaşirişga olib keladi. Tuşumni yaşiriş holatlari bu tekşiruvlarda aniqlanadi va jarima qöllanadi. Ya’ni agar yirik soliq tölovçisi, ya’ni qöşilgan qiymat soliği tölovçisi bölib ötmasang, jazolayman, lekin ötsang köproq soliq tölaysan – oldiga yursang ham, orqaga yursang ham jazolayman, degani bu. Hamma joy jazo mexanizmi bölib qolyapti.