Özbekiston Markaziy banki qarori bilan, valuta operatsiyalarini amalga oşiriş qoidalariga özgartiş va qöşimçalar kiritildi.
Qarorga köra, yuridik şaxslar tomonidan çet el valutasini sotib oliş uçun berilgan buyurtmada xatoliklar aniqlangan taqdirda, mijoz tomonidan buyurtmaga texnik tuzatiş kiritilişi mumkin.
“Amaliyotda köp uçraydigan muammolardan biri – yuridik şaxslar tomonidan valuta sotib oliş uçun berilgan buyurtmalarda kiçik texnik yoki imloviy xatolar sababli operatsiyalarning rad etilişi edi. Qaror bilan, endi kiçik xatolar bölsa, ularni tuzatiş imkoniyati beriladi. Bu – tadbirkorlar uçun vaqt tejaydi”, – deyiladi regulyator izohida.
Bank kassalaridan naqd çet el valutasini beriş tartibi ham aniq belgilab qöyilmoqda. Unga köra:
- Jismoniy şaxslar öz hisobvarağidagi mablağlari doirasida valutani çeklovsiz olişi mumkin.
- Yuridik şaxslar uçun esa naqd valuta aniq belgilangan maqsadlar asosida beriladi.
Belgilanişiça, barça valuta ayirboşlaş operatsiyalari, jumladan onlayn operatsiyalar yagona tizimda hisobga olinadi. Markaziy bankning qayd etişiça, bu – bozordagi jarayonlarni kuzatiş va tuşunişni osonlaştiradi.
Qarorda jismoniy şaxslar uçun quyidagi qulayliklar közda tutilgan:
- endi qaysi davlat fuqarosi bölişidan qat’i nazar barça jismoniy şaxslar bank hisobvaraqlari orqali bir-biriga şaxsiy maqsadlarda (nosavdo) pul ötkazişi mumkin;
- bundan buyon xorijlik jismoniy şaxslar ham mamlakat içida ustav fondiga mablağ qöşiş, xayriya qiliş yoki meros bilan boğliq içki valuta operatsiyalarini amalga oşira oladi.
Şuningdek, kapital bozori iştirokçilari quyidagi yengilliklardan bahramand böladi:
- yuridik şaxslar çet el valutasida çiqarilgan qimmatli qoğozlar böyiça tölovlarni amalga oşiriş uçun valuta sotib olişda ortiqça hujjatlar talab etilmaydi – bunda asos sifatida qimmatli qoğoz çiqarilganini tasdiqlovçi hujjatning özi yetarli böladi;

















