Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy Osiyodagi eng qadimiy yozuv Qoraqalpog‘istondan topilgan
Foto: Qoraqalpog‘iston axborot agentligi
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida Markaziy Osiyodagi eng qadimiy yozuv saqlanmoqda. Bu yozuv miloddan avvalgi V asrga tegishlidir, ya'ni 2500 yillik tarixga ega. Bu haqda Qoraqalpog‘iston axborot agentligi xabar tarqatdi.
1976-1977 yillarda professor M.Mambetullayev rahbarligidagi arxeolog-olimlar guruhi Katta Aybuyirqal'ani qazish paytida 3ta katta xum topib oladi. Bu xumlarning suv va don saqlash uchun yasalganligi aniqlanadi. Xumlarning birida tig‘ bilan bitilgan yozuvlar mavjud ekanligi ma'lum bo‘ladi. Ya'ni, bo‘yi 1 metr keladigan o‘tda pishirilgan xumdagi Qadimiy Xorazmga tegishli bu yozuvlar Markaziy Osiyoda eng eski yozuv sifatida fanda qayd qilingan edi.
Olimlar shu paytgacha Qadimiy Xorazm hududidagi eng eski yozuv deya Qo‘yqirilganqal'a (Ellikqal'a tumani hududida joylashgan)da topilgan idishdagi yozuvni hisoblab kelgandi. Qo‘yqirilganqal'adagi bu yozuv esa miloddan avvalgi III-II asrga tegishli aramey yozuvi bo‘lib topiladi. Keyinchalik S.P.Tolstov rahbarligidagi ekspeditsiya tomonidan hozirgi Ellikqal'a tumani hududida joylashgan, qadimiy xorazmshohlar shahri – To‘proqqal'ada ham milodiyy III-IV asrlarga tegishli yozuvlar topilgan.
Katta Aybuyirdan topilgan, Xorazm yozuvining eng qadimiy nusxasi hisoblangan xumdagi yozuvni fors tili bo‘yicha mutaxassis, butun dunyoga mashhur tilshunos olim V.A.Livshchits «mri XI h III.III. III.» deb o‘qigan, ya'ni «11 mari 9x». Bu xumning sig‘imlilik hajmini bildiradi. «Mari» o‘lchov birligi Eronda qadimiy axamaniylar davridan ma'lum bo‘lgan. Qadimiy manbalar o‘ni «maris» deb nomlagan. 1 mari 16,5-17 litrga to‘g‘ri kelgan. «9x» esa 1 maridan kamroq o‘lchamni bildirgan. Demak, xumning sig‘imlilik hajmi deyarli 200 litrga yaqin.
Xumni topgan olimlar uni rekonstruksiya qilib, ichiga suv qo‘yib ko‘rganda 195,5 litr suv siqqan. Shunday qilib, xumdagi yozuv uning sig‘imlilik hajmi bilan mos kelgan.
Xum bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirilishi paytida singanligi sababli hozirgi kunda bu betakror esdalik restavratsiyaga muhtoj.
Mavzuga oid
18:00 / 26.08.2025
Mo‘ynoqda otilib chiqqan katta bosimdagi gaz jilovlandi
18:23 / 22.08.2025
Nukus shahrida chang bo‘roni kuzatilmoqda
11:19 / 19.08.2025
Qoraqalpog‘istonda mayning uchun maxsus zona tashkil etilishi mumkin
07:42 / 16.08.2025