Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Islandiyada birinchi marta qon so‘ruvchi chivinlar topildi
Shu paytgacha bunday chivinlar sovuq iqlimga ega orolda yashamagan. Olimlar buni iqlim o‘zgarishi bilan bog‘lamoqda.
Foto: Flickr
Oktabr oyi boshida Islandiyaning Kios shahrida uchta qon so‘ruvchi chivin topildi va bu mamlakatda ushbu hasharotlarning ilk bor aniqlanishi bo‘ldi. Bu haqda Islandiya tabiiy tarix instituti entomologi Mattias Alfredsson ma’lum qildi, deb xabar berdi RÚV telekanali.
Bungacha Byorn Xyaltason Facebook’dagi «Islandiya hasharotlari» guruhida ushbu chivinlar haqida gapirib bergan edi. 16 oktabr kuni kechqurun u hasharotlarni jalb qilish uchun foydalanadigan xo‘rakdagi g‘ayrioddiy «pashshani» payqab qoldi. Byorn darhol bu chivin ekani haqidagi taxminga bordi va hasharotning jinsini aniqladi - bu urg‘ochi bo‘lib chiqdi. U yana ikkita individni topdi va ularni Tabiiy tarix institutiga topshirdi, u yerda uning taxminini tasdiqlashdi.
Mattias Alfredssonning fikricha, hasharot Islandiyada o‘rnashib qolishi mumkin. Chivin Culiseta Annulata turiga mansub bo‘lib, sovuqqa juda chidamli. U ko‘pincha yerto‘la va xo‘jalik binolari kabi yopiq xonalarda qishlaydi.
Garchi bu Islandiya hududida qon so‘ruvchi chivinlar aniqlangan birinchi holat bo‘lsa-da, ilgari ular mamlakatga kelayotgan samolyotlarda topilgan. Olimlar bu turning Islandiyada paydo bo‘lishini bashorat qilgan, ayniqsa 2015 yilda bu yerda chiyildoq-chivin (qon bilan oziqlanmaydi) o‘rnashib olganidan keyin.
Mavzuga oid
09:59 / 26.11.2025
Xitoy kompaniyasi Navoiyda atmosferaga zaharli chiqindilar tashlashni kamaytirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshiradi
18:09 / 25.11.2025
Ekologiya inspektoriga kuch ishlatgan Buvayda tumani hokimi o‘rinbosari ishdan olindi
17:17 / 25.11.2025
Atmosferaga zarar yetkazayotgan 18 ta korxona faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
15:25 / 25.11.2025