Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chimyonda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borildi
Foto: fvv.uz
2017 yilning 15 avgust kuni soat 21:45 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Tez harakat qilish maxsus otryadi navbatchisiga fuqaro V.A. telefon orqali murojaat qilib yordam so‘radi, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.
Ma'lum bo‘lishicha, fuqarolar V.A. hamda Y.A. Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga dam olish uchun kelishadi. Hech qanday tog‘ tayyorgarligi va maxsus anjomlarsiz ular Chimyon tog‘iga sayohat qilish uchun chiqishadi. Tog‘da fuqaro Y.A. yiqilib ketib, hushidan ketadi.
Tez harakat qilish maxsus otryadi qutqaruvchilari zudlik bilan qidiruv ishlarini boshlashadi hamda shu kunning o‘zida soat 23:40da jabrlanganlarni tog‘ cho‘qqisida topishadi.
Qutqaruvchilar jabrlangan fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib, ularni yaqindagi aholi punktiga olib tushib shifokorlarga topshirishdi.
Mavzuga oid
19:22 / 22.12.2025
«Qamchiq» dovonida yuk avtomobili handaqqa quladi
08:50 / 15.12.2025
Qamchiq dovonida FVVning rejalashtirilgan kompleks mashqlari bo‘lib o‘tadi
11:15 / 01.12.2025
Sirdaryoda zovurga tushib ketgan Cobalt qutqaruvchilar tomonidan chiqarib olindi
15:40 / 20.11.2025