Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan videolarda maxsus kiyim kiygan ayrim şaxslar özini göyoki Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) xodimlari sifatida taniştirib, fuqarolardan yonğin xavfsizligi qoidalarini buzgani uçun pul tölaşni talab qilayotgani aks etgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi uşbu şaxslarning rasmiy ravişda vazirlikka heç qanday aloqasi yöqligini qat’iy ta’kidladi.

Agar şunday holatga duç kelsangiz:

darhol huquqni muhofaza qiluvçi organlarga murojaat qiliş;
FVVning (95) 772-10-50 işonç telefoniga qönğiroq qilib xabar beriş söraladi.

Vazirlik fuqarolarni huşyor bölişga, har qanday tölov talablarining qonuniyligini tekşirişga va özini davlat idorasi xodimi sifatida taniştirayotgan har qanday şaxsdan rasmiy guvohnoma va hujjatlar talab qilişga çaqirmoqda.