Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Taksichilarning soliq to‘lashi borasida izoh berildi
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun daromad solig‘idan ozod etish tarzidagi imtiyoz yakuniga yetdi. 1 yanvardan e’tiboran ular daromaddan 1 foiz soliqqa tortiladi. Soliq qo‘mitasi bu yangilikning taksichilar uchun o‘ziga xosliklari haqida ma’lumot berdi.
Foto: Kun.uz
2026 yil 1 yanvardan e’tiboran, O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar, xususan shu toifadagi taksi haydovchilari ham aylanmadan 1 foiz miqdorida soliq to‘laydi. Soliq qo‘mitasi bu haqda tushuntirish berdi.
Unga ko‘ra, agar o‘zini o‘zi band qilgan taksi haydovchisi bir oyda misol uchun 2 mln so‘m daromad topsa, u to‘lashi lozim bo‘lgan soliq miqdori 20 ming so‘mni tashkil etadi.
Agar yo‘lovchi tashish faoliyati onlayn-agregatorlar orqali amalga oshirilsa, taksi agregatorlari haydovchilarga daromadlarni o‘tkazish chog‘ida soliqni avtomatik tarzda ushlab qoladi.
Bunda agregator soliqni faqat o‘z platformasi orqali olingan daromadlardan ushlab qoladi. Agregatordan tashqarida shakllangan daromadlar ushbu mexanizm asosida soliqqa tortilmaydi.
QR-kod taksichilar uchun majburiy emas
2026 yil 1 yanvardan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun raqamli platformalarda shakllantirilgan elektron to‘lovlarni qabul qilish maqsadida maxsus QR-kodga ega bo‘lish talabi kuchga kirdi.
Lekin bu talab agregatorlar orqali yo‘lovchi tashish va buyurtma asosida tovarlarni yetkazib berish xizmatlarini ko‘rsatuvchi o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga tatbiq etilmaydi.
Ya’ni, soliq tizimlariga ulangan rasmiy agregatorlar orqali faoliyat yurituvchi taksi haydovchilari va kurerlar alohida QR-kod o‘rnatishi shart emas.
Mavzuga oid
09:56 / 24.03.2026
O‘zbekistonda taksichilarni aldashning yangi firibgarlik usuli fosh etildi
08:03 / 20.03.2026
Infografika: dunyoning yirik shaharlarida taksi narxi
16:46 / 17.02.2026
Elektromobil egalari mashinasini quvvatlashda subsidiya oladi
14:03 / 27.01.2026