Toşkent şahri Mirzo Uluğbek tumani soliq inspeksiyasi boşliği Dilşod Usmonov işdan olingan. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yiğilişida ma’lum qilindi.

Ötgan haftada uşbu amaldorga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan.

Qayd etilişiça, Toşkent şahrida yaşirin va kuzatilmaydigan iqtisodiyot 60 trillion sömga yetgan, bu budjet yiliga 7,5 trillion sömni yöqotyapti degani.

Birgina aksiz soliği tölovçilar işlab çiqariş va realizatsiya hajmini yaşirgani oqibatida 66 milliard söm soliqdan qoçilgan.

Yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraşiş va soliq ma’murçiligi böyiça poytaxt soliq organlarining işi mutlaqo qoniqarsiz ekani qayd etildi.

Masalan, qöşimça qiymat soliği tölovçilarning qariyb 30 mingi QQSning biror sömini tölamagan. Yoki savdo, servis va umumiy ovqatlanişdagi kassa apparatining törtdan biri işlatilmayapti.

Yiğilişda poytaxtdagi ayrim soliq boşliqlari tuşumni köpaytiriş örniga qöştirnoq içidagi «tadbirkor»larga «homiylik» qiliş bilan bandligi körsatib ötilgan. Xususan, şaharda ötkazilgan tekşiruvlarda 70 milliard söm soliq hisoblanmasdan qolgani aniqlangan. Sönggi ikki yilda şahar soliq idoralarining 19 nafar xodimi korrupsiya böyiça jinoiy javobgarlikka tortilgan, budjetga 27 milliard söm zarar yetkazilgan.

«Ötgan hafta Mirzo Uluğbek tumani soliq inspeksiyasining boşliği Dilşod Usmonov işdan olinib, jinoyat işi qözğatildi. U inspeksiya binosining bir qismini şaxsiy maqsadda ijaraga berib, 315 million sömni özlaştirgan, iş faoliyatida guruhbozlikka va maişatbozlikka berilgan», – deya qayd etiladi prezident matbuot xizmati xabarida.