Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Irkutsk oblasti ilk bor dronlar hujumiga uchradi
Ukraina Xavfsizlik kuchlari 1 iyun kuni «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasini boshladi. Uning doirasida Rossiyaning 40 dan ortiq harbiy samolyotlari, jumladan, A-50, Tu-95 va Tu-22 M3 strategik bombardimonchilari yakson qilindi.
Foto: AP
Irkutsk oblasti aholisi dronlar hujumi uyushtirilgani to‘g‘risida xabar berdi. Urush boshlanganidan beri Usolskiy tumani ilk bor uchuvchisiz boshqariladigan apparatlar hujumiga uchradi, deb yozmoqda «Mediazona».
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Sredniy va Novomaltinsk posyolkalari hududlariga zarbalar berilgan.
Usolskiy tumanida «Belaya» harbiy aerodromi joylashgan bo‘lib, u yerda Tu-22M3 bombardimonchilari saqlanadi.
Shuningdek, Murmansk oblasti aholisi ham dronlar hujumi haqida xabar bermoqda, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, «Olenya» aerodromiga zarbalar berilgan.
Ukrainaning «Babel» nashriga ko‘ra, Ukraina Xavfsizlik kuchlari 1 iyun kuni «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasini boshlagan bo‘lib, uning doirasida Rossiyaning 40 dan ortiq harbiy samolyotlarini, jumladan, A-50, Tu-95 va Tu-22 M3 strategik bombardimonchilari yakson qilingan.
Dodatkovі vіdeo ataki dronіv SBU po rosіyskix ayerodromax 1 chervnya. https://t.co/On2tem0k7e pic.twitter.com/sT5T7WxUH7
— Ukrayinska pravda ✌️ (@ukrpravda_news) June 1, 2025
Jurnalistlar Irkutsk oblastidagi «Belaya» aerodromida yuzaga kelgan yong‘in kadrlarini e’lon qildi.
Telegram-kanallarning yozishicha, Irkutsk va Murmansk oblastlaridagi harbiy bazalarga hujum qilgan FPV-dronlar yo‘l bo‘yiga to‘xtagan yuk mashinalaridan uchirilgan.
Irkutsk oblasti gubernatori Igor Kobzev Sibir birinchi marta dronlar hujumga uchraganini tasdiqladi va ularning nishoni Sredniy posyolkasidagi harbiy qism ekanini bildirdi. Uning aytishicha, dronlar rostdan ham yuk mashinalari ichidan uchirilgan. «Dronlar uchirilgan manba allaqachon bloklangan. Bu fura. Muhimi — vahimaga berilmaslik. Tinch aholining hayoti va salomatligiga tahdid yo‘q», — deb yozadi amaldor o‘zining Telegram-kanalida.
Mavzuga oid
18:47 / 19.11.2025
Sibir daryolarini Orolga burish. Bu qanchalik imkonli ish?
18:25 / 14.11.2025
Rossiyada Ob daryosi suvini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyati o‘rganiladi
20:21 / 15.10.2025
NATOdagilar alyans havo hududiga kirgan Rossiya samolyotlarini urib tushirish imkoniyatini muhokama qiladi
19:29 / 22.09.2025