Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Pentagonni “Urush vazirligi”ga o‘zgartiradi
Prezident Donald Tramp AQSh Mudofaa vazirligiga “Urush vazirligi” nomini qaytarmoqchi. Avvalroq Oq uy rahbari “mudofaa so‘zi juda himoyaviy eshitilishi”ni aytgandi.
Foto: The New York Times
Oq uyning ma’lum qilishicha, Tramp mazkur qarorni bugun imzolaydi. AQShda II jahon urushi tugagunga qadar Urush vazirligi va alohida Dengiz kuchlari bo‘lgan. Ular 1949 yilda rasman Mudofaa vazirligiga birlashtirilgan va yangi binoga ko‘chib o‘tgan.
New York Times’ning yozishicha, Tramp ma’muriyati – harbiy tuzilmani qayta shakllantirish, uning jangovar imkoniyatlarini namoyish etib, yanada agressiv obrazga moslashtirishni ko‘rsatadi, deb hisoblamoqda. Tramp bu fikrni ilk marta avgust oyida aytgan va Hegsetni «urush vaziri» deb atagan edi.
«Biz Urush vazirligi davrida aql bovar qilmas tarixiy g‘alabalarga erishganmiz. 'Mudofaa' juda himoyaviy eshitiladi. Biz himoyada bo‘lishni xohlaymiz, ammo zarurat tug‘ilsa, hujumkor ham bo‘lishimiz kerak», degandi Tramp.
Pet Hegset ham Pentagonni yangi nom bilan qayta brendlashni bir necha bor nazarda tutgan. Yaqinda Fox News telekanaliga bergan intervyusida: «Biz Birinchi va Ikkinchi jahon urushlarini Mudofaa vazirligi bilan emas, balki Urush vazirligi bilan yutganmiz», degandi. Mart oyida esa u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida nomni o‘zgartirish bo‘yicha so‘rov ham o‘tkazgan.
Florida shtatidan respublikachi senator va Trampning ashaddiy tarafdori Rik Skott ijtimoiy tarmoqlarda bu o‘zgarish Amerika uchun «urushlarni yutish qobiliyatini, ularga faqat javob qaytarishni» aks ettiradi, dedi.
Nyu-Jyersi shtatidan demokrat senator Endi Kim esa bunga qarshi chiqdi. «Amerikaliklar urushlarning oldini olishni xohlashadi, ularni maqtashni emas», dedi u.
AQSh Mudofaa vazirligining ramziy nomi ham bor, bu — Pentagon. Bunday deyilishiga sabab, II jahon urushidan so‘ng Vashingtonda qurilgan vazirlik binosi besh burchak shaklida. Pentagon bugunga kelib, nafaqat ramziy nom, balki OAVda AQSh armiyasi ma’nosini ham anglatadi.
Mudofaa vazirligi va vazir lavozimi Kongress aktlari orqali nomlangan, shuning uchun Trampning farmoni darhol kuchga kirishi noma’lum.
Mavzuga oid
18:54 / 26.12.2025
Zelenskiy Tramp bilan navbatdagi uchrashuvini anons qildi
16:13 / 25.12.2025
“Epshteyn fayllari”: Tramp moliyachining samolyotida 8 marta uchgan
20:24 / 23.12.2025
Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevni G20 sammitiga taklif qildi
18:22 / 23.12.2025