Volodimir Zelenskiy «yaqin vaqtlar içida» Donald Tramp bilan uçraşişni rejalaştirayotganini aytdi. Ukraina prezidentining sözlariga köra, Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi Rustem Umerov unga «Amerika tomoni bilan navbatdagi kontaktlari» haqida hisobot bergan. «Bir kunimizni ham boy bermaymiz. Yaqin kunlarda eng oliy darajada – prezident Tramp bilan uçraşişga kelişib oldik. Yangi yilgaça köp narsa hal bölişi mumkin», – deb yozdi Zelenskiy özining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida. Uçraşuv qaysi kunga rejalaştirilayotganiga aniqlik kiritilmagan.
Kyiv Post naşrining diplomatik manbalarga tayanib yozişiça, Zelenskiy Trampning Floridadagi Mar-a-Lagodagi xususiy qarorgohiga borişi mumkin. Naşr suhbatdoşlaridan birining sözlariga köra, agar hammasi reja böyiça ketsa, bu taşrif 28 dekabr, yakşanba kuni amalga oşadi. Xuddi şu sana va joy Axios naşri jurnalisti Barak Ravid tomonidan ham keltirilgan.
Bir kun avval Zelenskiy Trampning muzokaraçilari Stiv Uitkoff va Jared Kuşner bilan «juda yaxşi suhbat» ötkazganini aytgandi. «Birgalikdagi natija va uzoq muddatli tinçlik uçun iş berişi mumkin bölgan yaxşi ğoyalar bor», – deya qöşimça qilgan u.
Bu safargisi uning Tramp bilan uçraşiş uçun AQŞga qilayotgan törtinçi taşrifi böladi. Ularning 2025 yil 28 fevralda Oval kabinetdagi birinçi uçraşuvi mojaro bilan yakunlangan, unda Amerika prezidenti Zelenskiyni uruşni tugatişni istamaslikda, vitse-prezident Jyey Di Vens esa AQŞga hurmat körsatmaslikda ayblagandi.
Zelenskiy ikkinçi marta Tramp bilan avgust oyida Yevropa yetakçilari iştirokidagi davrada uçraşgandi – bu uçraşuv AQŞ prezidentining Alyaksada Vladimir Putin bilan ötkazgan muzokaralaridan bir neça kundan keyin bölib ötgandi. Bu galgi taşrif ança döstona ruhda keçgandi.
Uçinçi va oxirgi bor Zelenskiy AQŞga Tramp bilan uçraşiş uçun 2025 yil 17 oktyabrida borgandi. Öşanda tomonlar Ukrainaga uzoq masofaga harakatlanuvçi «Tomahavk» raketalarini yetkaziş masalasini muhokama qilişi kutilgandi, ammo Zelenskiy uçraşuvdan çiqqaç, bu mavzuda bayonot bermaslikka qaror qilinganini aytgan hamda «AQŞ eskalatsiyani xohlamayotgani»ni qöşimça qilgandi.
Zelenskiyning Tramp bilan uçraşuvi arafasida tinçlik rejasi böyiça bir neçta asosiy masalalar oçiq qolmoqda, ular orasida Zaporijjya atom elektr stansiyasi boşqaruvi masalasi ham bor. Zelenskiy 24 dekabr kuni jurnalistlar bilan uçraşuv vaqtida bu borada murosaga kelinmayotganini aytgandi. Vaşington stansiyadan Ukraina, AQŞ va Rossiya birgalikda foydalanişini taklif qilmoqda. Ukraina taklifi boşqaça: Zaporijjya atom elektr stansiyasi AQŞ va Ukrainani öz içiga olgan qöşma korxona böladi – 50 ga 50.












