AQŞ Adliya vazirligi voyaga yetmaganlarni jinsiy ekspluatatsiya qiliş va odam savdosida ayblangan moliyaçi Jyeffri Epşteyn işi bilan boğliq hujjatlarning yangi töplamini e’lon qildi.
“Epşteyn fayllari”ning yangi qismiga köra, AQŞ prezidenti Donald Tramp 1990-yillarda Epşteynning xususiy samolyotida sakkiz marta uçgan, jumladan xotini va qizi bilan, şuningdek bir marta ismi aytilmagan 20 yoşli qiz bilan ham parvoz qilgan. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi xabar beradi.
Hujjatlar orasida jurnalistlar 2019 yilda Nyu-York qamoqxonasida Epşteyn vafot etişidan bir neça kun oldin yozilgani taxmin qilinayotgan xatni topgan. Xat muallifi prezident “yoş qizlarga bölgan muhabbatni baham köradi” va “yoş gözallarni yaxşi köradi”, deb da’vo qiladi.
Bundan taşqari, NBC telekanali aniqlaşiça, hujjatlar orasida 2020 yilgi prezident saylovlari arafasida Federal tergov byurosi (FBI)ga kelib tuşgan anonim xabarlar ham bor. Anonimlardan biri 1990-yillarda Tramp va Epşteyn tomonidan zörlanganini aytgan ayolni taniydi, deb da’vo qilgan. NBC qayd etişiça, FBI bu xabarni tergov qilgan-qilmagani noma’lum.
AQŞ Adliya vazirligi allaqaçon e’lon qilingan ba’zi hujjatlar “prezident Trampga nisbatan yolğon va sensatsion ayblovlarni öz içiga oladi” va ular “heç qanday işonçga ega emas”, deb bayonot bergan.
Donald Trampning özi avvalroq Epşteyn bilan munosabatlarni u 2006 yilda ilk bor hibsga olinişidan oldin uzganini ta’kidlagan. Oq uy rahbari hozirça moliyaçining xususiy samolyotidagi parvozlari haqidagi ma’lumotlar va öz manziliga qaratilgan yangi ayblovlarga izoh bermagan.
Noyabr oyi oxirida AQŞ prezidenti Jyeffri Epşteyn işi böyiça barça materiallarni e’lon qilişni Adliya vazirligiga zimmasiga yuklovçi qonunni imzoladi.
Materiallarning birinçi qismi 19 dekabr kuni e’lon qilindi — öşanda Adliya vazirligi 13 mingta tahrir qilingan faylni joylaştirgan. Ularning katta qismi yo avval ham e’lon qilingan, yoki “jabrlanuvçilarni himoya qiliş” sababli keskin tarzda tahrirlangan edi. “Epşteyn fayllari”dagi fotosuratlarda Donald Trampdan taşqari sobiq şahzoda Endryu, xonandalar Mik Jagger va Maykl Jyekson, AQŞ sobiq prezidenti Bill Klinton, Google hamasosçisi Sergey Brin, Microsoft asosçisi Bill Geyts, olim va publitsist Noam Xomskiy va yana köplab taniqli şaxslarni köriş mumkin.
AQŞ Adliya vazirligi ta’kidlaganidek, bu suratlarda maşhurlarning uçraşi ular Epşteynning “xizmatlari”dan foydalangani yoki bolalarni jinsiy ekspluatatsiya qilişga jalb etilganini isbotlamaydi.












