Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UFC rahbari: «Bizni dahshatli jang kutmoqda»
Foto: AP Photo/John Locher
Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) rahbari Dana Uayt rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov va irlandiyalik Konor Makgregor o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan bahs haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi, deya xabar beradi TASS.
«Bu jangni tasdiqlash qiyin ish bo‘lmadi. Bu Makgregorni superyulduz, Nurmagomedovni esa - haqiqiy qotilga aylantiruvchi narsa. Ularning har ikkisi ham oktagonda qotildir, jang boshlanishi bilan raqibiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashlanadi. Ikkalasi ham eng kuchli paytida bo‘lib turibdi, bizni o‘ta dahshatli jang kutib turibdi.
O‘ylashimcha, bu jang Makgregor va bokschi Meyuezer o‘rtasidagi jangdan so‘ng kompaniya tarixidagi eng muvaffaqiyatli bo‘ladi», - deya Uaytning so‘zlarini keltiradi mmamania.com.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Habib Nurmagomedov va Konor Makgregor o‘rtasidagi jang sanasi ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
19:46 / 07.10.2025
Tramp Oq uy hududida UFC jangi o‘tkazilishini e’lon qildi
08:07 / 22.03.2025
Konor Makgregor Irlandiya prezidenti bo‘lish istagini bildirdi
18:13 / 12.01.2025
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
00:41 / 23.11.2024