Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Osiyo Kubogi-2023. O‘zbekiston Hindistonni yirik hisobda yengib, pley-off sari katta qadam tashladi
Osiyo Kubogida B guruhida 2-tur bahslari yakunlandi.
Osiyo Kubogi. B guruhi. 2-tur
Hindiston — O‘zbekiston 0:3
18 yanvar, «Ahmad bin Ali»
Gollar: Abbos Fayzullayev (4), Igor Sergeyev (18), Sherzod Nasrullayev (45+4).
Hindiston — Sandhu, Pojari, Jingan, Beke, Mishra, Vangjam (Tangri, 84), Apuya, Manvir (Rahul, 46), Tapa (Fernandes, 72), Singh (Udanta, 84), Chetri (Pandita, 72).
O‘zbekiston — O‘tkir Yusupov, Umar Eshmurodov, Abduqodir Husanov, Farrux Sayfiyev, Sherzod Nasrullayev (Zafarmurod Abdurahmatov, 46), Otabek Shukurov, Odil Hamrobekov (Jamshid Boltaboyev, 83), Oston O‘runov (Aziz Turg‘unboyev, 74), Jaloliddin Masharipov (Hojimat Erkinov, 74), Abbos Fayzullayev (Jamshid Iskanderov, 83), Igor Sergeyev.
Birinchi bahsda durang qayd etgan O‘zbekiston milliy jamoasi (4) Hindiston (0) darvozasiga javobsiz 3ta to‘p kiritib, 1/8 final sari muhim qadam tashladi.
Abbos Fayzullayev 4-daqiqadayoq hisobni ochgan bo‘lsa, Igor Sergeyev va Sherzod Nasrullayevning gollari farqni yirik ko‘rinishga keltirdi.
Guruhning birinchi o‘yinida Avstraliya (6) Suriyani (1) minimal hisobda mag‘lub etib (1:0), pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.

23 yanvar kungi so‘nggi turda O‘zbekiston Avstraliya bilan guruh g‘olibi va keyingi bosqich masalasini hal qiladi. G‘alaba 1-o‘rin, durang 2-o‘rin bilan Srechko Katanets shogirdlarini 1/8 finalga olib chiqadi. Agar mag‘lubiyat kuzatilsa, Suriya — Hindiston o‘yini natijasiga qaraladi.
🎥 HIGHLIGHs | 🇮🇳 India 0️⃣-3️⃣ Uzbekistan 🇺🇿
— #AsianCup2023 (@afcasiancup) January 18, 2024
White Wolves clinch victory with 3 goals and a clean sheet, sheer dominance!
Match Report 🔗 https://t.co/Xi0Q2A8Yvm#AsianCup2023 | #HayyaAsia | #INDvUZB pic.twitter.com/U4ji1QbEjJ

Mavzuga oid
14:02 / 14.01.2026
Hindistonda yovvoyi fil 22 kishini o‘ldirdi. U hamon qidirilmoqda
23:10 / 07.01.2026
«Telsartan H» dori vositasining ayrim partiyasi muomaladan qaytarib olinadi
13:02 / 06.01.2026
O‘zbekistonga o‘qish uchun kelayotganlar ko‘paydi: yetakchi mamlakat - Hindiston
09:06 / 03.01.2026